Mexanik-ekstruder kerak!
duselyangihayot · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 10 mln so'm
Gofra ishlab chiqarishga o‘z ishini yaxshi biladigan, tajribali va mas’uliyatli mexanik-ekstruderchi ishga taklif qilinadi.
ASOSIY VAZIFALAR:
• Ekstruder uskunasini boshqarish va ish jarayonini nazorat qilish.
• Plastik materialni eritish va ekstruderdan sifatli chiqarishni ta’minlash.
• Harorat, bosim va boshqa texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish.
• Uskunadagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishda qatnashish.
• Ishlab chiqarish sifati va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
TALABLAR:
• Mexanik ekstruder bilan ishlash tajribasi.
• Gofra ishlab chiqarish jarayonini bilish.
• Plastik materiallar bilan ishlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
• Uskunani sozlash va uning ishlash prinsipini tushunish.
• Mas’uliyatli, intizomli va halol bo‘lish.
• Yoshi 20-yoshdan 40-yoshgacha
ISH SHAROITLARI:
• Ish vaqti: 08:00 dan 20:00 gacha.
• Dam olish: oyiga 2 kun.
• Yotoqxona mavjud — yashash joyi va 3 maxal issiq ovqt bilan ta’minlanadi.
• Ish haqi: suhbat davomida kelishiladi.