Омборчи-Кладовщик
QBI HR agentlik · Samarqand · 4 mln so'm – 6 mln so'm
OMBORCHI (KLADOVSHIK) LAVOZIMIGA VAKANSIYA!
Do‘konimizning yuragi bo‘lgan omborxonada tartib-intizomni saqlash, tovarlarni xatosiz qabul qilish va tarqatishni yo‘lga qo‘ya oladigan 1 ta mas’uliyatli Omborchini jamoamizga taklif etamiz!Bizda ushbu lavozimning yakuniy natijasi — o‘z vaqtida omborga joylashtirilgan yoki manzilga yuborilgan, hisob-kitob hujjatlari xatosiz rasmiylashtirilgan va to‘liq tayyorlangan tovar hamda moddiy boyliklardir.
Sizning asosiy vazifalaringiz:1. Tovar-moddiy boyliklarni (TMB) qabul qilish: Kelayotgan yuklarni soni, vazni va sifati bo‘yicha tekshirish;Amaldagi tovarni hamrohlik hujjatlari (nakladnoy, schyot-faktura) bilan solishtirish;Brak (yaroqsiz), qayta saralangan yoki shikastlangan tovarlarni aniqlash;Markirovka kodlarini skanerlash va hisob tizimlarida ishlash. 2. Joylashtirish va saqlash: Stellajlar va ombor zonalarida tartibni saqlash;Omborga topshirilgan barcha moddiy boyliklarning butligini ta’minlash. 3. Buyurtmalarni jamlash va jo‘natish: Tovarlarni nakladnoylar, jamlash varaqlari yoki elektron terminallar yordamida yig‘ish;Yig‘ilgan tovarlarning soni va sifatini buyurtmaga mosligini tekshirish;Tovarlarning transport vositalariga to‘g‘ri yuklanishini nazorat qilish. 4. Hisob-kitob va inventarizatsiya: Maxsus dasturlarda (masalan, 1C) ombor hisobini yuritish;Tovar kelishi, ko‘chirilishi va hisobdan chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish;Rejali va rejadan tashqari xatlov (inventarizatsiya) jarayonlarida faol ishtirok etish. 5. Xavfsizlik va tartib: Omborxonada mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;Stellajlar, tarozi va ombor uskunalarining sozligini nazorat qilish.
Bizning talablarimiz va javobgarlik doirangiz:Moddiy javobgarlik: Ombordagi tovar va materiallarning kamomadi, buzilishi yoki yo‘qolishi uchun toliq javobgarlik; Hujjatlar yuritish: Kirim-chiqim hujjatlarini o‘z vaqtida va xatosiz rasmiylashtirish, ma’lumotlar bazasini aniq yuritish; Saqlash qoidalariga rioya qilish: Mahsulotlarni yaroqlilik muddatlari va tovar qo‘shnichiligi qoidalariga muvofiq to‘g‘ri joylashtirish
Biz nima taklif qilamiz?Oylik ish haqi (Oklad): 4 000 000 so‘m ;Barqaror ish va professional jamoa.
Tartib va aniqlik sizning kuchli tomoningiz bo‘lsa, biz sizni kutamiz! Suhbatga yozilish uchun hoziroq qo‘ng‘iroq qiling yoki rezyume yuboring:
Manzil: 1 do`kon-eski Pishevoy kolledj, 2 do`kon Povorot
Tg: *