Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi mudiri
АКБ «Банк развития бизнеса» · Buxoro
Vazifalar:
Bank balansidagi bino, inshoot va mulklarni foydalanilishini, saqlanishini nazorat qilish;
Bankning xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar va qimmatliklarni sotib olish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni saqlanishini nazorat qilish va monitoringini yuritish;
Bino inshootlarni bahorgi-yozgi, kuzgi-qishki mavsumlariga tayyorlash, ularga ulangan muhandislik kommunikatsiya (elektr energiyasi, issiq suv, sovuq suv, kanalizatsiya, isitish va sovutish tizimlari) tarmoqlarining ishchi holatda bo‘lishini, ularni boshqarishni, muntazam ishlab turishini hamda resurslardan tejamli foydalanilishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
Bank mulklari va boshqa asosiy vositalari sozligini ta’minlanishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Talablar:
Muhandis,iqtisodiyot yoki xuquq yo‘nalishidagi o‘rta maxsus/oliy ma’lumot;
Bank yoki xo‘jalik sohasida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
MS Office-ning tajribali foydalanuvchisi (Excel; Word; PowerPoint;);
O‘zbek va rus tillarini a’lo bilish;
Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.
Sharoitlar:
Mamlakatning nufuzli bankida xizmat pog‘onasida o‘sish;
Munosib ish haqi;
Yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati.