Farg‘ona viloyati Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi - bo‘lim boshlig‘i

АКБ «Банк развития бизнеса» · Farg'ona

Vazifalar: Bank balansidagi bino, inshoot va mulklarni foydalanilishini, saqlanishini nazorat qilish; Bankning xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar va qimmatliklarni sotib olish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni saqlanishini nazorat qilish va monitoringini yuritish; Bino inshootlarni bahorgi-yozgi, kuzgi-qishki mavsumlariga tayyorlash, ularga ulangan muhandislik kommunikatsiya (elektr energiyasi, issiq suv, sovuq suv, kanalizatsiya, isitish va sovutish tizimlari) tarmoqlarining ishchi holatda bo‘lishini, ularni boshqarishni, muntazam ishlab turishini hamda resurslardan tejamli foydalanilishini tashkillashtirish va nazorat qilish; Bank mulklari va boshqa asosiy vositalari sozligini ta’minlanishini tashkillashtirish va nazorat qilish; Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar. Talablar: Texnik muhandis yoki iqtisodiyot yo'nalishidagi oliy ma’lumot; Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish; MS Office-ning tajribali foydalanuvchisi (Excel; Word; PowerPoint;); O‘zbek va rus tillarini a’lo bilish; Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega. Sharoitlar: Guliston shahri markazidagi qulay joylashuv; Mamlakatning nufuzli bankida xizmat pog‘onasida o‘sish; Munosib ish haqi; Yuqori malakali mutaxassislar (jamoa)dan tajriba orttirish imkoniyati;

IshMap.uz — barcha vakansiyalar