Sales Team Lead
MOOMKIN · Toshkent shahri · 7 mln so'm – 20 mln so'm
Обязанности:
• Cashback yo‘nalishi bo‘yicha sotuv jamoasini boshqarish va kundalik faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Yangi hamkorlarni jalb qilish, muzokaralar olib borish va hamkorlik shartlarini kelishish;
• Hamkorlarni cashback tizimiga ulash jarayonini boshqarish va ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilish;
• Sotuv voronkasini (lead → aloqa → muzokara → shartnoma → integratsiya → launch) boshqarish;
• Jamoaning kunlik, haftalik va oylik savdo rejalarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
• Har bir sotuv menejerining KPI va individual natijalarini tahlil qilish;
• Sotuv jarayonidagi muammolarni aniqlash, sabablarini tahlil qilish va yechimlar ishlab chiqish;
• CRM tizimida ma’lumotlarning to‘liq va o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash;
• IT, Product, Marketing va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilib, hamkorlarning cashback tizimiga ulanishidagi muammolarni tezkor hal qilish;
• Hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va ularning faolligini oshirish;
• Cashback yo‘nalishining savdo va daromad ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish;
• Bozor va raqobatchilarni o‘rganish, cashback yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqish;
• Rahbariyatga kunlik/haftalik natijalar va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot taqdim etish;
• Jamoani o‘qitish, yangi xodimlarni adaptatsiya qilish va ularning savdo ko‘nikmalarini rivojlantirish.
•
Требования:
• B2B sales, Business Development, Account Management yoki Team Lead lavozimida kamida 2 yil tajriba;
• Sotuv jamoasini boshqarish va KPI asosida ishlash tajribasi;
• B2B muzokaralar olib borish va shartnomalarni muvaffaqiyatli yopish ko‘nikmasi;
• Sotuv voronkasi va konversiya ko‘rsatkichlarini tahlil qila olish;
• CRM tizimlari bilan ishlash bo‘yicha yaxshi tajriba;
• Raqamlar va analitik ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;
• Hamkorlar bilan professional muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmasi;
• Muammolarni mustaqil aniqlash va tezkor yechim topish qobiliyati;
• IT/Product jamoalari bilan samarali hamkorlik qila olish;
• Kuchli kommunikatsiya, liderlik va jamoani motivatsiya qilish ko‘nikmalari;
• Natijaga yo‘naltirilganlik va yuqori mas’uliyat;
• Tez o‘zgaruvchan muhitda ishlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;
• O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
• Ingliz tilini bilish — ustunlik beradi.
•
Условия:
• Ish tartibi: 6/1;
• Ish vaqti: 09:00–18:00;
• Ish joyi: Toshkent shahri, ofis;
• Maosh: kelishilgan holda + KPI;
• Natijaga bog‘langan bonus va motivatsiya tizimi;
• Tez rivojlanayotgan startup muhitida ishlash imkoniyati;
• Cashback va B2B yo‘nalishini noldan rivojlantirish va katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
• Professional va shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyatlar;
• Kuchli va faol jamoa bilan ishlash.
•