Bosh buxgalter lavozimiga ishga qabul qilinadi

998978771297 · Toshkent shahri · 9 mln so'm – 15 mln so'm

DIQQAT! ISHGA TAKLIF QILAMIZ! BOSH BUXGALTER LAVOZIMIGA VAKANSIYA Kompaniyamizga o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan, tajribali, mas’uliyatli va tashabbuskor BOSH BUXGALTER ishga taklif etiladi! ASOSIY TALABLAR: • Buxgalteriya hisobi sohasida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lish; • Import va eksport operatsiyalarini to‘liq yuritish tajribasi; • Ulgurji savdo faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritishni bilish; • O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi va buxgalteriya hisobining milliy standartlarini yaxshi bilish; • Soliq, statistika va moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tayyorlash; • QQS, foyda solig‘i va boshqa soliqlar hisob-kitobini yuritish; • Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF), valyuta operatsiyalari va import-eksport hujjatlari bilan ishlash; • Yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish; • Bank operatsiyalari, to‘lov topshiriqnomalari va shartnomalar bilan ishlash; • 1C Buxgalteriya dasturi hamda Excel dasturida erkin ishlash; • Buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va hisobning qonunchilikka muvofiq yuritilishini ta’minlash; • Moliyaviy intizom, mas’uliyat, halollik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. LAVOZIM MAJBURIYATLARI: • Korxonaning buxgalteriya va soliq hisobini to‘liq tashkil etish va nazorat qilish; • Birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; • Soliq majburiyatlarini hisoblash va hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirish; • Import-eksport operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar va hisob-kitoblarni nazorat qilish; • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini nazorat qilish; • Moliyaviy natijalar va xarajatlar hisobini tahlil qilish; • Korxona rahbariyatiga moliyaviy holat bo‘yicha zarur ma’lumotlarni taqdim etish. BIZ TAKLIF ETAMIZ: • Barqaror ish faoliyati; • Professional rivojlanish imkoniyati; • Mas’uliyatli va faol jamoada ishlash; • Ish haqi — nomzodning tajribasi va malakasiga qarab, suhbat asosida kelishiladi.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar