Sotuv Menejeri kerak!
Saitbayeva Sibel · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 6 mln so'm
DOMO kompaniyasi jamoasiga sotuv menejerini ishga taklif qilamiz!
Kompaniya haqida
DOMO - O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, 2 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan raqamli mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantiruvchi kompaniya. Biz mijozlarimiz uchun qulay va zamonaviy yechimlar yaratishga intilamiz.
Asosiy vazifalar :
Yangi mijozlarni izlash va jalb qilish;
Kompaniya mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taqdim etish;
Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va ularning ehtiyojlarini aniqlash;
Mahsulot va xizmatlarni sotish hamda savdo bitimlarini yakunlash;
Bu Mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
Belgilangan savdo rejasini bajarish va hisobot yuritish.
Talablar :
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
Yaxshi muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari;
Faollik, mas’uliyatlilik va natijaga intilish;
Jamoada ishlash qobiliyati;
Savdo sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi.