Arab tili ustozni ishga taklif qilamiz

Fazluddin · Toshkent shahri · 2 mln so'm – 5 mln so'm

ARAB TILI USTOZLARINI HAMKORLIKKA TAKLIF QILAMIZ! Saba Ta’lim NTM — yangi o‘quv markazimizni tashkil etish va rivojlantirish jarayonida biz bilan birga ishlashga tayyor, bilimli va tashabbuskor arab tili ustozlarini hamkorlikka taklif qilamiz! Biz kimlarni qidirmoqdamiz? – Arab tili bo’yicha C1 va bakalavr darajasiga ega, sertifikatga tayyorlay oladigan, – Arab tilini o‘rgatishga qiziqadigan va bilim ulashishni sevadigan; – Kamida 3 yillik pedagogik tajribaga ega; – O‘quvchilar bilan samarali ishlay oladigan; – Zamonaviy ta’lim metodlariga qiziqadigan; – Mas’uliyatli, tashabbuskor va o‘z ustida ishlashga intiladigan ustozlar. Sizning vazifalaringiz: – Arab tili darslarini sifatli va samarali tashkil etish; – O‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish; – Dars materiallari va o‘quv dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish; – O‘quv markazining ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shish; – Jamoa bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish. Murojaat uchun: * Manzil: Tinchlik Metro Saba Ta’lim NTM — ilm, tarbiya va taraqqiyot sari birgalikda! Telegram orqali o'zingiz haqida CV(Ma'lumot)ni jo'nating, agar maqul kelsa o'zimiz aloqaga chiqamiz

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar