Tur firmaga boshqaruvchi

RIHLA · Toshkent shahri

Tur firmamiz faoliyatini to‘liq yuritish, ishlarni tartibli tashkil qilish va biznesni rivojlantirish uchun tajribali, mas’uliyatli va ishni o‘z zimmasiga ola biladigan boshqaruvchi xodim qidiramiz. 🔹 Vazifalar: Tur firma faoliyatini mustaqil boshqarish; Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish; Tur paketlar va sayohatlarni tashkil etish; Hamkorlar bilan ishlash va yangi aloqalar o‘rnatish; Savdoni rivojlantirish va daromadni oshirish; Kundalik ishlarni nazorat qilish va natija uchun javob berish. ✅ Talablar: Turizm sohasida tajribaga ega bo‘lish; Mas’uliyatli, halol va tashabbuskor bo‘lish; Ishni mustaqil tashkil qila olish; Mustaqil qaror qabul qilish va muammolarni hal etish; Mijozlar bilan yaxshi muloqot qilish; Boshqaruv va savdo qobiliyatiga ega bo‘lish. 💼 Biz taklif qilamiz: Ishni mustaqil yuritish imkoniyati; Kelishilgan maosh va natijaga qarab bonus; Uzoq muddatli hamkorlik; O‘z salohiyatini namoyon etish va biznesni rivojlantirish imkoniyati. Bizga shunchaki xodim emas, tajribali, mas’uliyatli, ishni puxta yuritadigan va tur firmamizni rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan boshqaruvchi kerak! 📩 Agar o‘zingizga ishonsangiz va tajribangiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar