Risk menejment departamenti direktori o’rinbosari

АКБ «Банк развития бизнеса» · Toshkent shahri

Vazifalar: • Bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, model, mamlakat, ekologik, ijtimoiy va iqlim risklari bo‘yicha metodologiyalar hamda vositalarni ishlab chiqish va ularning doimiy ravishda takomillashtirilishini ta’minlash; • bankda ikkinchi himoya chizig‘i tamoyili asosida mustaqil risk nazoratini amalga oshirish hamda biznes bo‘linmalari tomonidan qabul qilinayotgan risklar yuzasidan asoslantirilgan xulosalar berish; • risk-appetit bayonotini ishlab chiqish, kamida yiliga bir marotaba qayta ko‘rib chiqish hamda bank strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash; • risklarning oʻz vaqtida aniqlanishi, baholanishi, monitoring qilinishi va ular boʻyicha hisobot tayyorlanishi hamda mazkur tavakkalchiliklarning kamaytirilishini taʼminlash; • Erta ogohlantirish (EWS) tizimini ishlab chiqish, indikatorlar monitoringini tashkil etish hamda signal holatlari yuzasidan tezkor eskalatsiyani amalga oshirish; • aktivlar sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholab borish; • yangi mahsulot va xizmatlar hamda joriy qilinishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan bogʻliq risklar yuzasidan xulosalar tayyorlash; • bankda yuzaga keluvchi risklar bo’yicha har chorakda stress-testlar oʻtkazish, hamda natijalar asosida limitlar, risk-appetit va kapitalga ta’sirini baholash; • yilda kamida bir marotaba bankning risk-profilini va uni bankning risk-appetiti hamda tavakkalchilik chegaralariga muvofiqligini baholash; • bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilayotgan risklar hamda ularni kamaytirish yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va Risklarni boshqarish qoʻmitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga har oyda kamida bir marotaba kiritish; • bank xodimlari risk madaniyatini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba trening yoki oʻquv seminarlarini tashkil etish; • prudensial normativlarni va XMI tomonidan belgilangan kovenantlarni tahlil qilib borish va taqdim etiladigan hisobotlarda ular bilan bogʻliq risklar hamda ularni bartaraf etishga doir takliflarni kiritib borish; • risklarni aniqlash, oʻlchash, monitoring va nazorat qilish, shuningdek stress-testlarni oʻtkazishga moʻljallangan bank ichki modellarining ishonchliligi va samaradorligini muntazam ravishda baholash; • risklarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlar sifati, to‘liqligi va hisobotlar ishonchliligini nazorat qilish. Avtomatlashtirish darajasi har chorakda oshirib borilishini ta’minlash; • risk-appetit ko‘rsatkichlari va limitlar buzilganda yoki buzilish ehtimoli aniqlanganda tegishli rahbariyat va kollegial organlarga zudlik bilan eskalatsiya qilish hamda tuzatuvchi tavsiyalarni ishlab chiqish; • kredit risklarini oldini olish maqsadida tashqi konyukturani doimiy tahlil qiladi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi yoki tashqi bozorlardagi nobarqaror vaziyatlar aniqlanganda mazkur sohalarga kredit ajratishni cheklash bo‘yicha taklif hamda skoring/reyting modeliga tegishli o’zgartirish kiritish chorasini ko’radi; • risk darajasi oshayotgan kreditlarning iqtisodiyotning qaysi sohasiga tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar qiladi va takliflar kiritadi; • Bosh bank kollegial organlari ko‘rib chiqishi uchun kredit (kafolat, faktoring, lizing) ajratish bilan bog’liq amaliyotlar bo’yicha loyiha risklari to‘g‘risida hulosa taqdim etadi; • mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring/reyting modelini ishlab chiqadi va modelning samaradorligini doimiy tahlil qilish orqali takomillashtirib boradi; • kredit portfelining tarmoqlar, hududlar, mahsulotlar hamda yirik qarzdorlar kesimidagi konsentratsiya risklarini monitoring qilish va limitlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; • ESG hamda iqlim risklarini bankning umumiy risk boshqaruv tizimiga integratsiya qilish va monitoringini tashkil etadi; • ICAAP (Kapitalning yetarliligini ichki baholash jarayoni)ni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi. Talablar: • Risk menejment, matematika, statistika, bank ishi, moliya yoki iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr/magistr darajasi; • Kredit riski bo'yicha risk menejer, anderrayter yoki kredit tahlilchisi lavozimlarida kamida 7 yillik tajriba, rahbarlik lavozimida 3 yillik tajriba; • Stop faktorlar, skoring, moliyaviy risklar va ularni boshqarish, kredit portfeli tahlilini mukammal tushunish; • Risklarni boshqarish bo’yicha Markaziy bank talablarini bilish; • Xodimlarni rivojlantirish, o’qitish va mentorlik qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish; • Markaziy bank inspeksiyalari, tashqi auditorlar va xalqaro moliya institutlari bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlash tajribasi; • FRM/PRM sertifikati egalariga ustunlik beriladi; • Ma'lumotlarni tahlil qilish vositalari (Excel, Power BI, SQL, Python yoki shunga o‘xshash platformalar) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar; • Til bilish: o‘zbek tili – mukammal, ingliz va rus tillari – yaxshi. • Kommunikatsion, tahliliy, tanqidiy fikrlash va stressga chidamlilik ko‘nikmalari.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar