IT recruiter

NAJOT TA’LIM MARKAZI · Toshkent shahri · 4 mln so'm – 8 mln so'm

Tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan IT olamining markazida bo'lishni, mamlakatimizdagi eng ilg'or mutaxassislar bilan ishlashni va o'z karyerangizni yangi bosqichga olib chiqishni xohlaysizmi? "Najot Ta'lim" jamoasi aynan siz kabi g'ayratli va maqsad sari intiluvchi IT Rekruterni qidirmoqda ! Vazifalar: • Najot Ta'lim ta'lim markazi uchun IT yo'nalishidagi mentorlar va mutaxassislarni (dasturlash, ma'lumotlar tahlili, raqamli marketing va multimedia) faol ravishda qidirish (sourcing) va jalb qilish; • Nomzodlarning professional ko'nikmalarini baholash, intervyular tashkil etish va suhbat jarayonlarini to'liq muvofiqlashtirish; • HeadHunter, Telegram kanallari va boshqa professional platformalar orqali ma'lumotlar bazasini doimiy ravishda kengaytirib borish va yangilab turish; • Nomzodlarni jalb qilish samaradorligini tahlil qilish va rekruting jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish; • Markaz va yangi mutaxassislar o'rtasida samarali aloqalarni o'rnatish, muzokaralar olib borish va tanlov bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlash. Talablar: • Rekruting sohasida kamida 1 yillik tajriba va ishga qabul qilish jarayonini mustaqil boshqarish ko'nikmasi; • IT yo'nalishlari bo'yicha bazaviy tushuncha va mutaxassislar bilan professional muloqot qila olish; • O'zbek tilida erkin muloqot qilish, kuchli muzokara olib borish va taqdimot qilish ko'nikmalari; • Zamonaviy rekruting usullari va vositalarini yaxshi bilish; • Yangi bilimlarni o'rganishga va kasbiy rivojlanishga intilish. Takliflar: • 350 dan ortiq mutaxassislar bilan netvorking; • Turli mavzularda maxsus master-klasslar; • Shaxsiy va professional rivojlanish imkoniyatlari; • Jamoa a'zolari bilan O'zbekiston bo'ylab sayohat; • Kuchli va ahil jamoa!

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar