Laravel Developer (PHP, Middle+)

Asaxiy.uz · Toshkent shahri

Asaxiy.uz — O‘zbekistonning yetakchi e-commerce platformalaridan biri. Biz doimiy ravishda rivojlanib borayotgan va katta hajmdagi foydalanuvchilar oqimiga xizmat ko'rsatadigan keng ko'lamli loyihalar ustida ishlaymiz. Jamoamizga Laravel framework’ini mukammal biladigan, mustaqil ishlay oladigan va yuqori yuklamali (Highload) tizimlar ustida ishlashga tayyor Middle+ PHP Developer qidirmoqdamiz! Vazifalar: • Asaxiy.uz platformasining backend qismini Laravel asosida modulyar, kengaytiriladigan va yuqori yuklamalarga bardoshli arxitekturada qayta ishlab chiqish; • Legacy kodni bosqichma-bosqich yangi arxitekturaga migratsiya qilish; • Yangi mikroservislar va modullarni loyihalash va yaratish; • Katta hajmdagi foydalanuvchilar va buyurtmalar oqimini samarali boshqarish uchun backend tizimlarini optimallashtirish. Talablar: • Tajriba: Laravel framework’ida kamida 4–5 yillik amaliy tajriba; • Arxitektura: REST API, GraphQL va Microservice arxitekturasi bilan ishlash tajribasi; • Ma'lumotlar bazasi: PostgreSQL bilan samarali ishlash (indexing, query optimization, migratsiyalar); • Kesh va Navbatlar: Redis / Memcached hamda Queue (Laravel Queue, Supervisor) tizimlari bilan amaliy tajriba; • Versiyalarni boshqarish: Git (Git Flow, PR, conflict resolution) bilan ishlash ko'nikmasi; • Kafolat: Clean code va SOLID prinsiplariga qat'iy amal qilish, unit/integration testlar yozish ko'nikmasi. Qo'shimcha afzalliklari: • Yii2 framework’i bilan ishlaganlik yoki uni tushunish; • Docker va CI/CD (GitHub Actions, GitLab CI) infratuzilmasi bo'yicha tushunchalar; • Linux CLI muhitida erkin ishlay olish; • ​​​​​​​Highload (yuqori yuklamali) tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish tajribasi.​​​​​​​ Takliflar: • Raqobatbardosh oylik maosh (intervyuda aniqlanadi); • Zamonaviy texnologiyalar va katta kod bazalarda ishlash; • Kuchli jamoa va o‘sish uchun doimiy imkoniyatlar; • Ofisda bepul kofe, choy, shirinliklar va yaxshi muhit; • Ichki va tashqi ta’limlar, tex meetup'lar, sport faoliyatlari (futbol). ​​​​​​​ Grafik: 5/2, 9:00-18:00

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar