Do'kon sotuvchisi
CAISER · Toshkent shahri · 4.5 mln so'm
📢 CAISER DO‘KONIGA SOTUVCHI-MASLAHATCHI KERAK!
🚘 CAISER — avtomobil poliklari ishlab chiqaruvchi brend. Do‘konimizga xaridorlar bilan yaxshi muloqot qiladigan, faol va mas’uliyatli xodim izlayapmiz!
Vazifalar:
• Do‘konga kelgan xaridorlarni kutib olish va maslahat berish;
• Avtomobil modeliga mos polik, rang va material tanlashga yordam berish;
• Mahsulotlarni namoyish qilish, narx va buyurtma shartlarini tushuntirish;
• Buyurtmalarni aniq yozib olish va bajarilishini kuzatish;
• Savdo va to‘lovlar hisobini yuritish;
• Do‘kondagi namunalar, mahsulotlar va tartibga e’tibor berish.
Talablar:
✅ Xushmuomalalik, halollik va mas’uliyat;
✅ Xaridor ehtiyojini tushunish va mahsulotni tushuntira olish;
✅ Telefon va kompyuterdan oddiy darajada foydalanish;
✅ O‘zbek tilida ravon muloqot; rus tilini bilish — afzallik;
✅ Savdo yoki avtoaksessuarlar sohasidagi tajriba — ustunlik.
💰 Maosh: 4 500 000 so‘m oklad + savdo natijasiga qarab bonus
🕘 Ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha
📍 Manzil: KXAY (Archa Ko'cha)
Qiziqsangiz, ismingiz, ish tajribangiz va bog‘lanish raqamingizni yuboring.