Менеджер по продажам IT-решений (B2B/B2G)
SOFTY TEAM · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 12 mln so'm
IT B2B/B2G savdo yo'nalishida cheksiz komissiya bilan yuqori daromad qilishni xohlaysizmi? SOFTY jamoasiga qo'shiling — O'zbekistonning yetakchi IT tizimli integratori!
Biz korporativ va davlat sektoriga IT infratuzilma, axborot xavfsizligi, tarmoq va server uskunalari hamda litsenziyalangan dasturiy ta'minotlarni yetkazib beramiz.
Majburiyatlar / Обязанности:
• IT mahsulotlar va kompleks tizimli yechimlarni (tarmoq, serverlar, axborot xavfsizligi, litsenziyalar, bulutli servislar) B2B va B2G mijozlarga sotish;
• Yangi korporativ mijozlarni qidirish, muzokaralar olib borish va mijozlar bazasini kengaytirish;
• B2B/B2G davlat va korporativ tenderlarida (Xarid.uz, etender, auksionlar) ishtirok etish;
• Tijoriy takliflar (КП), texnik spetsifikatsiyalar va taqdimotlar tayyorlash;
• Bitrix24 CRM tizimida savdo voronkasini to‘liq yuritish;
• Pre-sale mutaxassislar bilan birgalikda mijozlar uchun optimal yechimlarni shakllantirish.
Talablar / Требования:
• B2B savdo yoki IT sohasida kamida 1 yillik tajriba (sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan nomzodlar o‘qitiladi);
• IT infratuzilma, server/tarmoq uskunalari va dasturiy ta'minot bozorini tushunish;
• Muzokaralar olib borish va C-Level rahbarlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Tillar: Rus tili (erkin/professional), O‘zbek tili (ravon muloqot);
• CRM (Bitrix24) va ofis dasturlarida erkin ishlash.
Shartlar / Условия:
• Kafolatlangan oylik maosh: 5 000 000 – 12 000 000 UZS (net, qo‘lga) + har bir bitim marjasidan yuqori foizlar va bonuslar (cheksiz daromad imkoniyati);
• Ish tartibi: 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha;
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bo‘yicha rasmiy bandlik;
• Yetakchi global IT vendorlar (Cisco, Huawei, Microsoft, Fortinet, Dell) bo‘yicha bepul o‘qish va sertifikatlash;
• Karyera va professional o‘sish uchun barcha sharoitlar.