Korporativ BXO Jismoniy shaxslar,Mikro va kichik biznes bo'yicha sudgacha undiruv bosh mutaxassis

АКБ «Банк развития бизнеса» · Toshkent shahri

Vazifalar: - Kredit qarzdorliklarini undirishni tashkil etish; - bank foydasiga qabul qilingan sud hujjatlari ijrosini oʻz muddatida ijro etilishini taʼminlash; - davlat ijrochilari bilan hamkorlikda qarzdorlarning mol-mulklarini qidirib topish va qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish; - kredit taʼminoti sifatida qabul qilingan mol-mulklarni xatlash va auksion savdolariga chiqarish; - undirilgan pul mablagʻlarini MIB depozit hisob raqamidan bankka tushirish; - auksion savdolarida sotilmagan mol-mulklar boʻyicha taklif xatlarini olish; - ijro varaqalarini majburiy ijro byurosiga topshirilishini taʼminlash; - bank tarmoqlarida kredit qarzdorliklarini undirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarda ishtirok etish; - fikrlarni yozma va ogʻzaki ravishda erkin va toʻgʻri ifoda etish; - lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan boshqa vazifalar. Talablar: - Oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumot; - Bank tizimida 3 yillik tajriba - MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida ishlay olishi; - bank tizimi va sud hujjatlari ijrosi boʻyicha qonunchilik to’g’risida tushunchalarga ega bo’lishi; - oʻzbek va rus tillarini bilishi. Ish sharoiti: - Toʻliq 5 ish kuni (9.00–18.00); - ish haqi va ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar