Head of Partner
BITO · Toshkent shahri · 7 mln so'm – 11 mln so'm
Bito jamoasiga Hamkorlar (partner) bo'limi boshlig'i izlamoqdamiz!
Lavozim mazmuni
Hamkorlar bo'limini boshqarasiz. Vazifangiz: dilerlar tarmog'ini o'stirish, ularni faol sotuvga olib chiqish va jamoaning natijasi uchun javob berish.
Maosh: 7 000 000-11 000 000 so'm
Vazifalar :
• Yangi hamkorlarni (dilerlarni) topish, jalb qilish va shartnoma tuzish
• Mavjud hamkorlarni faollashtirish: sotuv rejasini kelishish
• Hamkorlarga CRM'dan taqsimlangan lidlarning o'z vaqtida ishlanishini nazorat qilish
• Hamkor menejerlari jamoasini boshqarish: viloyatlar bo'yicha biriktirish va KPI qo'yish.
• Hamkorlarni o'qitish: mahsulot, taqdimot va sotuv bo'yicha treninglar
• Hamkorlar sotuvi, to'lovlar va lidlar konversiyasi bo'yicha hisobot tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish
• Hamkorlik shartlarini (komissiya, bonus) takomillashtirish bo'yicha takliflar berish
• Hamkorlardan tushgan savollarga javob berish
Talablar :
• Dilerlik yoki hamkorlar tarmog'ini boshqarishda kamida 2 yarim yillik tajriba
• Jamoani boshqarish tajribasi
• CRM bilan ishlash, raqamlar bo'yicha tahlil qila olish
• Muzokara olib borish va viloyatlardagi tadbirkorlar bilan til topishish ko'nikmasi
• O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish
• IT-mahsulot, ERP/POS yoki dasturiy ta'minot buyicha tajribasi bo'lishi shart
Biz taklif qilamiz :
• Rasmiy ishga qabul qilish
• Dushanba–shanba, 10:00–19:00
• Ahil jamoa va o'sish imkoniyati