Marketplace va atir mahsulotlari yo‘nalishida shogird kerak (Sergeli)

Mirazim · Toshkent shahri · Maosh kelishiladi

Marketplace va atir mahsulotlari yo‘nalishida shogird kerak Manzil: Sergeli Index Uzum Market, Wildberries, Ozon va Yandex Market’da savdo yuritish hamda atir mahsulotlarini tayyorlash va qadoqlash bo‘yicha shogird qabul qilamiz. Nimalarni o‘rganasiz? * Marketplace’da savdo yuritish va do‘konlarni boshqarish * Mahsulot kartochkalarini yaratish va SEO * Narx, tannarx va foydani hisoblash * Buyurtmalar va mahsulot qoldiqlarini nazorat qilish * Atir mahsulotlarini tayyorlash, flakonlarga quyish va qadoqlash * Mahsulotlarni sotuvga tayyorlash Talablar: * Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish * Kompyuterda ishlashga qiziqish * Tez o‘rganish va topshiriqlarni vaqtida bajarish * Uzoq muddat ishlashga tayyor bo‘lish Tajriba talab qilinmaydi — barcha ishlar amaliy tarzda o‘rgatiladi. Shartlar: * O‘rgatish bepul * Oflayn, amaliy ish * O‘qish davomida o‘zlashtirish va mas’uliyat baholanadi * Yaxshi natija ko‘rsatgan nomzod ishga qabul qilinishi mumkin * Ishga qabul qilinganda maosh va boshqa shartlar kelishiladi Murojaat: OLX orqali yozing. O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot, yoshingiz va ish tajribangizni yuboring.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar