Arab tili ustoz kerak (ayollar)
ZIN-NUR Akademiya · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 25 mln so'm
Ilm ulashishni o'zining asosiy missiyasi deb bilgan, tajribali va o'z ustida ishlaydigan arab tili ustozlarini qidirqilqilmoqdamiz. Agar siz ham yuqori maqsadlar sari intilsangiz, bizning jamoamizdan o'rin toping!
Sizga nima taklif qilamiz?
• Yuqori va barqaror daromad: 5 000 000 — 20 000 000 so‘m (KPI tizimi orqali natijalaringizga qarab maoshingizni 2–3 baravargacha oshirish imkoniyati);
• Rasmiy bandlik: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq rasmiy ishga joylashish;
• Professional o‘sish: Ilmiy va metodik salohiyatingizni yanada yuksaltirish uchun maxsus sharoitlar;
• Akademiya imtiyozlari: Bepul arab tili kurslari va malaka oshirish dasturlari;Yiliga 1 marotaba to‘liq bepul tibbiy ko‘rik;
• Ajoyib muhit: Unutilmas team-buildinglar, jamoaviy sayohatlar va rivojlantiruvchi treninglar.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
• Yosh va oilaviy holat: 25 yoshdan yuqori va oilali bo'lish;
• Ma'lumot: Arab tili yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot (bakalavr diplomi) yoki talabalik holati (ma'lumotnoma);
• Sertifikat: At-Tanal yoki CEFR B2 darajasidagi rasmiy til sertifikati;
• Tajriba: O'qituvchilik sohasida amaliy tajribaga ega bo'lish;
• Shaxsiy fazilatlar: Yangiliklarga ochiqlik, mas'uliyat va jamoada ishlay olish qobiliyati.