Менеджер по продажам (Sotuv bo‘limi menejeri)
ИП ООО PORTAKAL · Toshkent shahri
IP PORTAKAL - O'zbekiston bozorida 10 yildan ortiq tajribaga ega, maishiy texnika vositalarining ishonchli distribyutori hisoblanadi. Biz mamlakatimizdagi eng yirik savdo tarmoqlari, internet-do'konlar va chakana sotuvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Kompaniyamiz portfelidan dunyoning yetakchi brendlari (jumladan Samsung, LG va boshqalar) o'rin olgan.
Nomzodga qo‘yilgan talablar:
• Ish tajribasi: Maishiy texnika (бытовая техника) sohasida kamida 1–3 yillik muvaffaqiyatli sotuv tajribasi.
• Sotuv modellari: B2B (korporativ mijozlar, dilerlar) va B2C (yakuniy iste'molchilar) sotuv tizimlarini mukammal tushunish va ularni amalda qo‘llay olish.
• Muzokaralar olib borish: Istalgan darajadagi mijozlar va hamkorlar bilan ishonchli muzokaralar o‘tkazish, e'tirozlar (возражения) bilan professional darajada ishlash ko‘nikmasi.
• Natijaga yo‘naltirilganlik: Belgilangan sotuv rejalarini bajarish va oshirib borish.
• Shaxsiy fazilatlar: Kirishuvchan, faol, ishga bo'lgan mas'uliyat, nutq madaniyatiz xalol va jamoada samarli ishlay olish.
Asosiy vazifalar:
• Kompaniyaning mahsulotlarini B2B va B2C segmentlarida faol sotish.
• Mavjud mijozlar bazasi bilan ishlash. Yangi potensial hamkorlarni (dilerlar, do‘konlar, korporativ mijozlar) jalb qilish.
• Mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
• Tijorat takliflarini tayyorlash, shartnomalar tuzish va bitimlarni oxirigacha nazorat qilish.
• Sotuv rejalarini muntazam ravishda bajarish va hisobotlarni yuritish.
Sharoitlar:
• Cheksiz daromad tizimi: Fiksa + KPI. Har bir bitimdan alohida ulush.
• Qulay grafik: Haftada 6/1, 9 soatlik ish kuni.
• Professional o‘sish: Kuchli jamoa, doimiy tajriba almashinuvi va martaba ko‘tarilish imkoniyati.
• Muhit: Ahil, zamonaviy va energiyaga to‘la jamoa.