Hududiy sotuv menejeri (Региональный менеджер по продажам)
ИП ООО PORTAKAL · Toshkent shahri · 25.4 mln so'm
Kompaniya haqida (О компании):
IP PORTAKAL - O'zbekiston bozorida 10 yildan ortiq tajribaga ega, maishiy texnika vositalarining ishonchli distribyutori hisoblanadi. Biz mamlakatimizdagi eng yirik savdo tarmoqlari, internet-do'konlar va chakana sotuvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Kompaniyamiz portfelidan dunyoning yetakchi brendlari (jumladan Samsung, LG va boshqalar) o'rin olgan.
Majburiyatlaringiz (Обязанности):
• Biriktirilgan hududda (regionda) sotuv hajmini rivojlantirish va boshqarish
• Yangi mijozlarni qidirish va jalb qilish (chakana va ulgurji savdo nuqtalari)
• Mavjud mijozlar bazasini saqlab qolish va rivojlantirish
• Muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish va ularning shartlari bajarilishini nazorat qilish
• Sotuvni rejalashtirish va belgilangan KPI ko'rsatkichlarini bajarish
• Debitorlik qarzdorliklarini nazorat qilish
• Sotuvlar va raqobatchilarning faoliyati bo'yicha muntazam hisobotlarni tayyorlash
• Hududdagi (region) bozor holatini doimiy monitoring qilib borish
Nomzodga qo'yiladigan talablar (Требования):
• Sotuv sohasida kamida 2-3 yillik tajriba (maishiy texnika, elektronika yoki FMCG segmentida bo'lishi afzallik beradi)
• A'lo darajadagi muloqot va muzokara olib borish qobiliyati
• Sotuv texnikalarini va B2B savdo asoslarini mukammal bilish
• Hududlar (region) bo'ylab xizmat safarlariga (komandirovk) tayyorlik
• O'zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qo'shimcha ustunlik beradi)
• Excel, CRM va elektron jadvallar bilan ishlay olish ko'nikmasi
Biz nima taklif qilamiz? (Мы предлагаем):
• Barqaror va doimiy o'sib borayotgan kompaniyada faoliyat yuritish
• Raqobatbardosh oylik maoshi +erishilgan natijalarga qarab bonuslar
• Karyera bo'yicha o'sish va kasbiy o'rganish imkoniyatlari
• Ahil jamoa va rahbariyat tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlash