Sovuq savdolar bo‘yicha menejer (Hunter)

UNITED TAX ADVISORS · Toshkent shahri

Jamoamizga faol va natijaga yo‘naltirilgan sotuv menejerini izlayapmiz! Agar siz mijoz bilan tez til topisha olsangiz, uning ehtiyojini aniqlab, mahsulotni ishonchli tarzda sota olsangiz — sizni jamoamizda kutamiz. Vazifalar • Kuniga 50+ ta sovuq qo‘ng‘iroq amalga oshirish • Sovuq mijozlar bazasi bilan ishlash • Mijozning ehtiyoj va muammolarini aniqlash • Mahsulotni taqdim etish va e’tirozlar bilan ishlash • Mijozni xaridgacha olib borish • Mijozlar va savdo natijalarini CRM tizimiga kiritib borish Talablar • Sotuv sohasida kamida 1 yil tajriba • Sovuq baza bilan ishlash tajribasi majburiy • CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi • Mijoz ehtiyojini aniqlash va ishonchli sotish qobiliyati • Har kuni 50+ ta qo‘ng‘iroq qilishga tayyorlik • Rus tilida erkin muloqot qila olish • Kommunikativlik va natijaga yo‘naltirilganlik Biz taklif qilamiz • 14 000 000 so‘m + oylik daromad • Ish grafigi: 5/2, 09:00–18:00 • Yaxshi jamoa va qulay ish sharoiti • KPI bajarilganda yiliga 1 marta chet elga sayohat • Haftada 1 marta — kompaniya hisobidan tushlik • Oyiga 1 marta — Team Building • Professional rivojlanish va o‘sish imkoniyati Ish joyi Chorsu

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar