Islom moliyasini joriy etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i

АКБ «Банк развития бизнеса» · Toshkent shahri

• Vazifalar : • Strategiyani ishlab chiqish: Islom moliyasi yo‘nalishidagi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirish va ijrosini ta’minlash; • Xalqaro investorlar, Shariat kengashi a’zolari va davlat idoralari bilan yuqori darajadagi muzokaralar olib borish; • Islom taraqqiyot banki (ITB), Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasi (IXSRK) va boshqa xalqaro islom moliyasi institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; • Shariat kengashi (Muftiylar/Ulamolar/Xalqaro ekspertlar) bilan doimiy aloqada bo‘lish, Islomiy mahsulotlarni joriy qilish va ularning shar’iy muvofiqligini nazorat qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish; • Boshqarma xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning malakasini oshirish tizimini yaratish va soha bo‘yicha treninglar tashkil etish; • Nutq madaniyati, taqdimot qilish hamda murakkab moliyaviy tushunchalarni sodda tilda tushuntira olish ko‘nikmasi; • Cheklangan vaqt va yuqori mas’uliyat ostida to‘g‘ri qaror qabul qila olish; • Yangi mijozlarni jalb qilish va ularning ehtiyojlariga muvofiq xizmatlar taklif qilish; • Biznes rejalarini bajarilishini nazorat qilish va ularning natijalarini baholash; • Mavjud muammolarga tezkor echimlar topish va ularni hal qilish; • Islom moliyaviy mahsulotlari (Murobaha, Muzoraba, Mushoraka, Ijara, Sukuk, Takaful va b.) arxitekturasini loyihalashtirish; • AAOIFI Shariat va Buxgalteriya standartlarini amaliyotga tatbiq etish; • Bank va moliya qonunchiligi, milliy va xalqaro tartibga soluvchi normativ hujjatlar bilan ishlash; • Segment rentabelligini tahlil qilish va natijalarga ko‘ra strategiyalarni ishlab chiqish; • Marketing departamenti va Call-markaz bilan hamkorlik o‘rnatish; • Hududiy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo‘lish; - Biznes jarayonlarini optimallashtirish ularni tezkorligi va samaradorligini nazorat qilish; • Fikrlarni yozma va og'zaki ravishda erkin va to'g'ri ifoda etish; • Turli manbalardagi ma'lumotlarni birlashtira olish; - Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar. Talablar : • Oliy ma'lumot (Islom moliyasi, islom bank ishi, iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi (MBA)); • MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida lozim darajada ishlay olishi; • Bank tizimida (kamida 6 yillik) ish stajiga ega bo‘lishi; • Funksional yo'nalishga oid tarmoq yoki malakaviy sohada kamida 2 yillik ish tajribasi; • Kasbiy sertifikatlar: AAOIFI (Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) sertifikatlari (masalan, CIPA, CSAA), IFSB standartlari bo‘yicha malaka yoki boshqa xalqaro tan olingan Islom moliyasi sertifikatlariga ega bo‘lishi; • O’zbek, rus va ingliz tillarini bilishi.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar