YOTO’da skaut — elektrosamokatlarni joylashtirish bo‘yicha xodim
YOTO JOB · Toshkent shahri · 6 mln so'm
YOTO kompaniyasi elektrosamokatlarni shahar bo‘ylab tartibga keltirish, joylashtirish va ularning holatini nazorat qilish uchun mas’uliyatli xodimlarni ishga taklif qiladi.
Vazifalar:
• elektrosamokatlarni belgilangan joylarga to‘g‘ri joylashtirish;
• noto‘g‘ri qo‘yilgan elektrosamokatlarni tartibga keltirish;
• elektrosamokatlarni talab yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘chirish;
• elektrosamokatlarning tashqi va texnik holatini tekshirish;
• nosoz yoki shikastlangan elektrosamokatlar haqida xabar berish;
• mobil ilova orqali berilgan topshiriqlarni bajarish;
• shahar bo‘ylab belgilangan yo‘nalishlarda ishlash.
Talablar:
• mas’uliyatlilik, intizomlilik va punktuallik;
• jismoniy mehnatga tayyorlik;
• shaharni yaxshi bilish;
• smartfon va mobil ilovalardan foydalana olish;
• topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
• ish tajribasi talab etilmaydi, o‘qitamiz.
Ish sharoitlari:
• ish grafigi: 6/1;
• ish haqi: bir smena uchun 300 000 so‘m;
• ish haqi oyiga 2 marta to‘lanadi;
• ish boshlashdan oldin o‘qitish;
• barqaror ish va doimiy topshiriqlar;
• ahil jamoada ishlash imkoniyati.
Ish joyi: Toshkent shahri.
Qanday murojaat qilish mumkin:
Chat: yotojob | yotojob_bot