Uzum Market Menejeri va Infografika bo‘yicha Mutaxassis

Yorqinoy · Toshkent viloyati · 1.5 mln so'm – 6 mln so'm

Uzum Market bo‘yicha professional menejerman. Biznesingizni noldan boshlash va savdolarni oshirishga yordam beraman Agar Uzum Market platformasida o‘z do‘koningizni ochmoqchi bo‘lsangiz yoki mavjud do‘koningiz savdosini ko‘tarishni istasangiz barcha tashvishlarni o‘z zimmamga olaman. Men taklif qiladigan xizmatlar: Do‘kon ochish va sozlash Uzum Market platformasida brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazish va do‘konni to‘liq ishga tushirish. Mahsulot kartochkalarini yaratish Har bir mahsulot uchun xaridor e’tiborini tortadigan nom, to‘g‘ri tavsif opisanie yozish va mos kategoriyani tanlash Professional infografika tayyorlash Mahsulot rasmlariga sun’iy intellekt Ai va zamonaviy dizayn vositalari yordamida chiroyli, afzalliklarini ko‘rsatuvchi vizual ko‘rinish berish. Narxlarni belgilash va tahlil Raqobatchilarning narxlarini kuzatish monitoring va siz uchun eng foydali strategiyani ishlab chiqish. Aksiya va reklamalarni sozlash Uzum ichidagi aksiyalarda qatnashish, ichki reklama kampaniyalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish Buyurtmalar bilan ishlash Kelib tushgan buyurtmalarni qabul qilish va ularni tezkorlik bilan qayta ishlash FBO va FBS tizimida ishlash Mahsulotlarni qadoqlash upakovka shtrix-kodlar chiqarish va Uzum omboriga yoki xaridorga topshirishga to‘liq tayyorlash. Ombor qoldig‘ini nazorat qilish Qaysi tovar tugayotganini kuzatib borish va yangi tovarlarni tizimga o‘z vaqtida qo‘shish Mijozlar bilan aloqa Mahsulot ostidagi savollarga professional javob qaytarish va ijobiy sharhlar otziv sonini ko‘paytirish Muammoli vaziyatlarni hal qilish Qaytarilgan tovarlar vozvrat va mijozlar e’tirozlari bilan ishlash Nega aynan men bilan ishlashingiz kerak Ishga mas’uliyat bilan yondashaman Do‘koningiz reytingini ko‘tarish uchun barcha choralarni ko‘raman Vaqtingizni tejayman va daromadingizni oshirishga harakat qilaman

Toshkent viloyatida ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar