Ingliz tili o‘qituvchisi | Smartmiz o'quv markazi
Krutoy Santexnik · Farg'ona
Smartmiz o‘quv markaziga ingliz tili o‘qituvchisi kerak. Tajribali mutaxassislar va dars berishni endi boshlayotgan nomzodlar ko‘rib chiqiladi.
Talablar:
- IELTS 7.0+ yoki CEFR C1 sertifikati
- Ingliz tilida erkin va to‘g‘ri so‘zlasha olish
- Dars berish tajribasi afzallik
- Mas’uliyatli, punktual va o‘quvchilar bilan yaxshi muloqot qila olish
- Zamonaviy o‘qitish metodikalari va kompyuterdan foydalana olish
Vazifalar:
- General English va IELTS guruhlariga dars o‘tish
- Darslarni oldindan rejalashtirish va tayyorlash
- O‘quvchilar davomati va natijalarini elektron tizimda yuritish
- Mock test va nazorat ishlarini o‘tkazish
- Ota-onalar bilan aloqada bo‘lish
Ish sharoitlari:
- Maosh o‘quvchi to‘lovidan foiz asosida hisoblanadi; daromad guruhlar soniga bog‘liq
- Guruhlarni markaz shakllantiradi
- Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha
- Dars vaqti jadvalga qarab, 8:00–19:00 oralig‘ida
- Shinam, jihozlangan o‘quv xonalari
- Malaka oshirish va kasbiy o‘sish imkoniyati
Ish joyi: Farg‘ona shahri, Qomus ko‘chasi 53
Bo‘sh ish o‘rni: 2 ta
Yosh: 18+
Jins: Farqi yo‘q