Sotuv menejeri (salon va sartaroshxonalar bilan ishlash)
IBODOV ASQARBEK O‘TKIR O‘G‘LI · Toshkent shahri
Sotuv menejeri (offline, salon va sartaroshxonalar bilan ishlash)
Ishga taklif: Mobil ilova bo‘yicha konsultant
Toshkent shahrida 2 nafar xodim qidirilmoqda!
Vazifalar:
• Shahar bo‘ylab go‘zallik salonlari va barbershoplarga tashrif buyurib, ustalarga onlayn yozilish va mijozlar bazasini yuritish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani tanishtirish.
• Ilovani usta telefoniga o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki mijozlarni qo‘shishda yordam berish.
• Tariflarni tushuntirish va ustalarni pullik tarifga ulash.
• Har kuni tashriflar va ilova o‘rnatishlar bo‘yicha hisobot yuritish.
Talablar:
• Kirishimli, faol va odamlar bilan tez til topisha oladigan bo‘lish.
• Smartfon va mobil ilovalardan ishonchli foydalana olish.
• Kun davomida shahar bo‘ylab harakatlanib ishlashga tayyor bo‘lish.
• Savdo yoki promouterlik tajribasi afzallik beradi, lekin majburiy emas — o‘rgatamiz.
• 2 nafar xodim kerak:
• 👩 Qiz — ayollar go‘zallik salonlari bilan ishlash uchun.
• 👨 Yigit — erkaklar barbershoplari bilan ishlash uchun.
Ish sharoitlari:
• Oylik maosh: 4 000 000 so‘m + bonuslar.
• Bonuslar: har bir faol o‘rnatilgan ilova va pullik tarifga ulangan har bir usta uchun.
• Ish grafigi: dushanbadan shanbagacha, 10:00–18:00 (moslashuvchan grafik imkoniyati mavjud).
• Hudud: Toshkent shahri.
• Biz tomondan: o‘qitish, tayyor muloqot skripti va barcha kerakli materiallar taqdim etiladi.
Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi? Faol va daromadli ish izlayapsizmi? Jamoamizga qo‘shiling!