Sales Manager / Менеджер по продажам (B2B)

IBODOV ASQARBEK O‘TKIR O‘G‘LI · Toshkent shahri

Kompaniya haqida Turon Prime — korporativ sovg‘alar, brendlangan tekstil va reklama mahsulotlarini biznes mijozlariga taklif qiluvchi kompaniya. Biz futbolka, xudi, kepka, maxsus kiyim, bloknot, ruchka, termos, giftbox va boshqa mahsulotlarga kompaniya logotipini tushirish xizmatlarini taklif qilamiz. Jamoamizga tajribali, faol va sotuv natijalariga erisha oladigan B2B Sotuv menejerini taklif qilamiz. Asosiy vazifalar • Yangi korporativ mijozlarni izlash va ular bilan aloqa o‘rnatish. • Kompaniyalarga cold call — sovuq qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish. • Reklama va boshqa kanallardan kelgan lidlar bilan ishlash. • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos mahsulotlarni taklif qilish. • Tijorat takliflarini tayyorlash va narxlar bo‘yicha muzokaralar olib borish. • Mijozlarni birinchi aloqadan buyurtma rasmiylashtirilguncha kuzatib borish. • CRM tizimida mijozlar va qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha ma’lumotlarni yuritish. • Sotuv rejasini bajarish va yangi mijozlar bazasini shakllantirish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar • Sotuv sohasida tajriba — afzallik beriladi. • Cold call qilish va yangi mijozlar bilan ishlashga tayyorlik. • O‘zbek tilida ravon muloqot qilish; rus tilini bilish — ustunlik. • Yaxshi kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmalari. • Rad javoblaridan tushkunlikka tushmaslik va natijaga intilish. • Mas’uliyatlilik, intizom va faol pozitsiya. • Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish. • CRM tizimida ishlashni o‘rganishga tayyorlik. Biz taklif qilamiz • Raqobatbardosh maosh va sotuvdan bonuslar. • Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati. • Tayyor lidlar bilan ishlash va yangi mijozlarni mustaqil topish imkoniyati. • Talab yuqori bo‘lgan B2B mahsulotlar bilan ishlash. • Professional rivojlanish va kompaniya bilan birga o‘sish imkoniyati. • Qo‘llab-quvvatlovchi jamoa va aniq sotuv maqsadlari. Kimni qidirmoqdamiz? Bizga shunchaki qo‘ng‘iroq qiladigan emas, mijoz bilan aloqa o‘rnatib, uning ehtiyojini tushunadigan va buyurtmagacha olib bora oladigan mutaxassis kerak.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar