Sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandis
FE “Indorama Agro” · Farg'ona
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandis
“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ jamoasiga sanoat xavfsizligi bo‘yicha muhandisni taklif qiladi.
Asosiy vazifalar:
• Korxona bo‘limlari va ishlab chiqarish maydonlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
• Sanoat xavfsizligi bo‘yicha kompleks va maqsadli tekshiruvlarni o‘tkazish.
• Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish nazorati bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish.
• Avariyalarni cheklash va ularning oqibatlarini bartaraf etish rejalarini ishlab chiqishni tashkil etish.
• Sanoat xavfsizligi ekspertizalarini tashkil etish, avariya va baxtsiz hodisalar sabablarini o‘rganishda qatnashish.
• Uskunalarning sinovlari va texnik ko‘riklari belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini nazorat qilish.
• Xodimlarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, sanoat xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarligi va attestatsiyasini nazorat qilish.
• Ish joylarida havo muhiti, shovqin, tebranish va yoritish ko‘rsatkichlarini o‘lchash jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish.
• Sanoat xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar va hisobotlarni yuritish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Oliy texnik ma’lumot.
• Oxirgi 5 yil davomida kamida 3 yil texnika xavfsizligi yo‘nalishida ish tajribasi.
• Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha amaldagi talablarni bilish.
• Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik nazoratini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
• Me’yoriy hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va bo‘limlar bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyati.
Ish sharoitlari:
• Ish joyi: Qo‘qon shahri, Davronebk ko'chasi 87-uy.
• Ish jadvali: 5/2 8:00-17:00
• Ish haqi: suhbat natijasiga ko‘ra.
• Bandlik turi: to‘liq bandlik.
• Qo‘shimcha sharoitlar: Transport, ovqatlanish va boshqa imtiyozlar.
Ariza topshirish:
Vakansiyaga qiziqsangiz, HH orqali rezyume yuboring. Rezyumeda sanoat yoki texnika xavfsizligi bo‘yicha tajribangiz, ishlagan korxonalaringiz va mavjud sertifikatlaringizni ko‘rsating.