Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

FE “Indorama Agro” · Farg'ona · 5 mln so'm

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ jamoasiga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisni taklif qiladi. Asosiy vazifalar: • Korxona bo‘limlari, sexlari va ishlab chiqarish maydonlarida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish. • Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsiz va sog‘lom ish muhitini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. • Mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha yillik va uzoq muddatli tadbirlar rejalarini tayyorlash. • Xodimlar va amaliyotchilar uchun kirish yo‘riqnomalarini o‘tkazish, xavfsiz ishlash bo‘yicha o‘quvlar va bilimlarni tekshirishni tashkil etish. • Bo‘limlarga xavfsizlik yo‘riqnomalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam berish. • Uskunalar, shamollatish tizimlari, bug‘ qozonlari, gaz ballonlari va yuk ko‘tarish moslamalarining xavfsiz ishlashi bo‘yicha tekshiruvlarda qatnashish. • Ish joylarida shovqin, tebranish va havo muhiti ko‘rsatkichlarini o‘lchash jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish. • Maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlanishni nazorat qilish. • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, jarohatlar va kasb kasalliklarini tekshirishda qatnashish hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish. • Yo‘riqnoma jurnallari, bilimlarni tekshirish bayonnomalari, hodisalar qaydlari va tegishli hisobotlarni yuritish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: • Oliy texnik ma’lumot. • Oxirgi 5 yil davomida kamida 3 yil texnika xavfsizligi yo‘nalishida ish tajribasi. • Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish. • Ish joylaridagi mehnat sharoitlarini o‘rganish va uskunalarning xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bilim. • Xavfsizlik yo‘riqnomalari, o‘quv materiallari va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi. • Kompyuter va ish uchun zarur dasturlardan foydalanish ko‘nikmasi. • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va xodimlarga xavfsizlik talablarini tushunarli yetkazish qobiliyati. Ish sharoitlari: • Ish joyi: Qo‘qon shahri, Davronebk ko'chasi 87-uy. • Ish jadvali: 5/2 8:00-17:00 . • Ish haqi: Suhbat natijasiga ko‘ra. • Bandlik turi: To‘liq bandlik. Ariza topshirish: HH orqali rezyume yuboring. Rezyumeda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha tajribangiz, ishlagan korxonalaringiz hamda mavjud sertifikatlaringizni ko‘rsating.

Farg'onada ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar