Территориальный менеджер по продажам (TSM/Супервайзер)

CHEMPLANT · Buxoro

TERRITORIAL MANAGER | MAFF MAFF — bo‘yoq ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Biz biriktirilgan hududda savdo natijalari, jamoa faoliyati va distribyutsiya sifatini boshqaradigan Territorial Manager izlayapmiz. Asosiy vazifalar • Biriktirilgan hudud bo‘yicha savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash , natijalarni muntazam tahlil qilish. • Savdo jamoasini boshqarish: vazifalarni taqsimlash, natijalarni nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish va motivatsiya qilish. • Hudud bo‘yicha AKB, OKB, SKU qamrovi, tashriflar soni va samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni boshqarish. • Savdo nuqtalarida 6 qadam, DSPM va merchandising standartlari bajarilishini nazorat qilish. • Hududdagi mahsulot mavjudligi, distribyutsiya, raqobatchilar faoliyati, narxlar va aksiyalarni monitoring qilish. • Mijozlarning debitor qarzdorligini nazorat qilish va muddati o‘tgan qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish. • Hudud bo‘yicha savdo natijalarini tahlil qilish, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash hamda RSMga taqdim etish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar • Distribyutorlik yoki FMCG kompaniyalarida kamida 2 yil savdo tajribasi . • Savdo jamoasini boshqarish bo‘yicha kamida 1 yil tajriba . • KPIlar bilan ishlash va savdo natijalarini tahlil qilish ko‘nikmasi. • Kuchli yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyati . • Savdo vakillarini o‘qitish va rivojlantirish ko‘nikmasi. • Merchandising va DSPM standartlarini tushunish. • O‘zbek va rus tillarini bilish, MS Office va CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmasi. Biz sizga taklif qilamiz • Rasmiy ishga joylashish va mehnat qonunchiligiga muvofiq barcha zarur shartlar. • Professional va do‘stona jamoada ishlash imkoniyati. • Lavozim va kompaniya ichida kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari . • Ish faoliyati bilan bog‘liq xizmat safarlari va komandirovka xarajatlarining qoplanishi . • Savdo va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ichki trening va o‘qitish imkoniyatlari . • Barqaror kompaniyada uzoq muddatli hamkorlik va professional rivojlanish imkoniyati. • Natijaga yo‘naltirilgan, tashabbus va professional yondashuv qadrlanadigan ish muhiti .

Buxoroda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar