Ish qidiraman - Shaxsiy haydovchi / Rahbar yordamchisi

Azam Akbarovich · Toshkent shahri · 15 mln so'm

Assalomu alaykum! Toshkent shahridan munosib ish o‘rni qidiryapman. 2018-yildan buyon savdo sohasida ish tajribasiga egaman. Supervayzer va direktor yordamchisi lavozimlarida ishlaganman. B va C toifali haydovchilik guvohnomasiga egaman. Shaxsiy avtomobilim bor. Hisob-kitob ishlarini va kompyuter dasturlarini a’lo darajada bilaman. Jamoani boshqarish, ishlarni rejalashtirish va topshiriqlarni nazorat qilish tajribam bor. Mas’uliyatli, tartibli, ishonchli va ishiga jiddiy yondashadigan insonman. Qanday ish qidiryapman? — Oila uchun shaxsiy haydovchi. — Rahbar yoki tadbirkor uchun shaxsiy haydovchi. — Rahbarning shaxsiy yordamchisi. — Biznes-assistent yoki ish boshqaruvchi. Ishga bo‘lgan munosabatim: Men uchun eng muhimi - yaxshi ish sharoiti, munosib maosh va o‘zaro hurmat. Agar ish muhiti va rahbar menga ma’qul kelsa, ish vaqtining uzun-qisqaligiga ortiqcha ahamiyat bermayman. Ishimni sidqidildan bajarib, natija ko‘rsatishga harakat qilaman. Men ish joyini tez-tez almashtirish tarafdori emasman. Agar rahbarning insoniyligi, muomalasi va ish muhiti ko‘nglimga to‘g‘ri kelsa, uzoq muddat birga ishlashga, ishonchni oqlashga va rahbarimga sodiq bo‘lishga tayyorman. Ish beruvchidan kutganim: - Mehnatimga yarasha munosib maosh. - O‘zaro hurmat va insoniy munosabat. - Halol, tushunarli va kelishilgan ish sharoitlari. Ish joyi: Toshkent shahri. Kutilayotgan oylik: 15 000 000 so‘mdan boshlab, ish sharoiti va vazifalarga qarab kelishiladi. Hurmatli ish beruvchilar! Agar sizga mas’uliyatli, ishonchli va uzoq muddat ishlashga tayyor xodim kerak bo‘lsa, men bilan bog‘laning. Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali yozing. Jiddiy ish takliflarini mamnuniyat bilan ko‘rib chiqaman. Telefon: +998931559999 Telegram: +998333833003

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar