Менеджер по продажам / Sotuv menejeri
IT BUYUK ZAMON SARI · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 25 mln so'm
🚀 BUYUK ZAMON SOTUV MENEJERLARINI QIDIRMOQDA!
💰 Daromad: FIX 3 mln so'm + har bir sotuvdan 5% (taxminan 1 mln so'm) + bonus. Daromadga limit yo'q!
Masalan: oyiga 10 ta sotuv = 3 mln FIX + ~10 mln KPI = ~13 mln so'm.
📚 Nima sotasiz: «Biznes Universiteti» ta'lim kursi — biznesni noldan boshlash va rivojlantirish bo'yicha amaliy dastur. Siz odamlarga o'z biznesini qurishga yordam beradigan mahsulotni taklif qilasiz.
🎓 Tajriba shart emas — mahsulot va sotuv bo'yicha o'zimiz o'qitamiz.
🎯 Vazifalar:
- Mijozlar bilan telefon orqali gaplashish
- Mijozning maqsadi va ehtiyojini aniqlash
- Kursni to'g'ri taqdim etish, savol va e'tirozlarga javob berish
- Sotuvni yopish
- BITRIX24 tizimida ishlash
- Shaxsiy sotuv rejasini bajarish
🔎 Kimni qidiryapmiz: odamlar bilan bemalol gaplasha oladigan, faol, rad javobidan qo'rqmaydigan va ko'proq topishni xohlaydigan insonni.
📍 Shartlar:
- Grafik 6/1: 1-smena 10:00–19:00, 2-smena 12:00–21:00
- Rasmiy ishga olinadi (mehnat shartnomasi)
- O'sish va karyera imkoniyati, kuchli jamoa
- Ofis: Yunusobod, Bog'ishamol ko'chasi 260A, SAMPI savdo markazi
📲 Bog'lanish uchun: Telegram
📢 Biz haqimizda