SMM menejer kerak — DeLaso premium shokolad butigi
Izzatilla · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 10 mln so'm
DeLaso — Toshkentdagi premium shokolad va sovg'alar butigi (2018-yildan, 3 ta filial, Instagram'da 15 600 obunachi). Brendimizni yangiladik va Instagram sahifamizni rivojlantiradigan ijodkor SMM menejer izlaymiz.
Vazifalar:
— Instagram uchun reels, storis va postlar tayyorlash
— Do'konda shokolad va sovg'a qutilarini suratga va videoga olish
— Kontent-reja tuzish va bajarish
— Izohlar va Direct'dagi xabarlarga javob berish
— Bayram aksiyalari (Yangi yil, 14-fevral, 8-mart)
Talablar:
— Instagram yuritish tajribasi 1 yildan ortiq
— Telefonda sifatli foto va video olish, reels montaji (CapCut va boshqalar)
— O'zbek va rus tillarini bilish
— Portfolio: siz yuritgan sahifalar havolalari
Shartlar:
— Maosh: 8 000 000 – 10 000 000 so'm + natija uchun bonus
— To'liq stavka, grafik 6/1
— Ish joyi: Ecobozor Chimgan, Temur Malik ko'chasi 3A (Mirzo Ulug'bek tumani)
Murojaatda albatta portfoliongiz havolalarini yuboring. Portfoliosiz murojaatlar ko'rib chiqilmaydi.
Iltimos, qo'ng'iroq qilmang. Portfolio va savollaringizni Telegram'da yozing: *