Lift texnik inspektori (mexanika) / Технический инспектор по лифтам
ISHONCH TEXNO · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 10 mln so'm
Lift sohasidagi kompaniyamiz yangi yo'nalish ochmoqda: liftlarni tekshirish va sertifikatsiyaga tayyorlash. Ishni ISO/IEC 17020 talablariga muvofiq quramiz. Jamoani hozir shakllantiryapmiz.
Vazifalar:
• Lift jihozlarining mexanik qismini texnik diagnostika qilish
• Liftlarning texnik holatini baholash
• Jihozning xavfsizlik talablari va standartlarga muvofiqligini tekshirish
• Texnik hisobotlar, dalolatnomalar va xulosalar tayyorlash
• Tekshiruv uchun obyektlarga chiqish
Talablar:
• Oliy texnik ma'lumot (bakalavr yoki magistr), diplom mavjud
• Mutaxassislik: elektromexanika, mashinasozlik, yuk ko'tarish qurilmalari yoki yaqin yo'nalish
• Lift sohasida kamida 2 yil tajriba: o'rnatish, ta'mirlash, texnik xizmat yoki tekshiruv
• Texnik hujjatlarni rus va o'zbek tillarida o'qiy olish
• Hujjatlarni aniq rasmiylashtirish
• Xizmat safarlariga tayyorlik
Ustunlik beradi:
• ISO/IEC 17020 bo'yicha ish tajribasi
• Lift sohasida 3 yildan ortiq tajriba
• EN 81 standartlar seriyasini bilish (EN 81-20, EN 81-50)
• Malaka oshirish kurslari sertifikatlari
Shartlar:
• Rasmiy mehnat shartnomasi, to'liq stavka
• Ish tartibi: dushanbadan shanbagacha
• Oylik: 5 000 000 - 10 000 000 so'm. Aniq summa suhbatda tajriba va malakaga qarab belgilanadi
• Ish joyi: Toshkent
• Xizmat safarlari shartlari suhbatda kelishiladi
Rezyumeda o'qigan joyingiz, mutaxassisligingiz, ish joylaringiz va ish davrlaringizni ko'rsating.