Sotuvchi konsultant

LUMICO GR · Toshkent shahri · 4.5 mln so'm – 6.5 mln so'm

Lumico Vision jamoasiga sotuvchilar kerak! Lumico Vision bizneslarga sotuv bo‘limini tashkil qilish, CRM joriy etish va sotuv jarayonlarini boshqarishda yordam beradi. Jamoamiz va mijozlarimizning loyihalarida ishlash uchun natijaga intiladigan sotuvchilarni izlayapmiz. Vazifalar: • Kiruvchi murojaatlarga javob berish, mijozlar bilan telefon va yozishmalar orqali muloqot qilish. • Mijozning ehtiyojini aniqlab, mos mahsulot yoki xizmatni taklif qilish. • E’tirozlar bilan ishlash va muzokarani sotuvgacha olib borish. • Qayta aloqa qilish, kelishilgan vaqtda mijozga bog‘lanish. • CRM’da mijoz ma’lumotlarini yuritish va vazifalarni vaqtida bajarish. • Kunlik faoliyat va sotuv natijalari bo‘yicha hisobot berish. Talablar: • O‘zbek tilida ravon muloqot qilish, rus tilini bilish ustunlik beradi. • Sotuvda amaliy tajribaga ega bo‘lish. • Mijozni tinglash, savol berish va fikrini aniq tushuntira olish. • Tartibli, mas’uliyatli va o‘rganishga tayyor bo‘lish. • CRM’da ishlash tajribasi bo‘lsa, afzallik beriladi. Biz bilan siz: • Turli biznes loyihalarida sotuv tajribasini orttirasiz. • Sotuv skriptlari, CRM va aniq ish tartibi asosida ishlaysiz. • Muzokara, e’tirozlar bilan ishlash va sotuvni yakunlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz. Ariza topshirish uchun rezyumengizni va sotuvdagi tajribangiz haqida qisqacha ma’lumot yuboring.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar