Менеджер по продукту
ALGAPPAROV A. M. · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 15 mln so'm
Kompaniya: Alfajr Premium Brand | Cavero
Alfajr Premium — tabiiy teridan premium sovg’alar: joynamoz, hamyon, kartholder, portmone. Har bir mahsulot chiroyli quti va sandiqlarda yetkaziladi. Cavero — tabiiy teridan gilamlar va uy uchun mahsulotlar.
Bizga mahsulotimiz qanday ko’rinishi, qanday tayyorlanishi va mijozga qanday taqdim etilishi uchun to’liq javob beradigan odam kerak.
SIZ NIMA BILAN SHUG’ULLANASIZ:
1. Yangi mahsulot va qadoq
• Har oy kamida 1–2 ta yangi mahsulot yoki quti/sandiq dizaynini ishlab chiqish;
• Dizaynerlar bilan ishlash: TZ berish, variantlarni tanlash, natijani qabul qilish;
• Namunani ishlab chiqarishgacha olib borish.
2. Sifat nazorati
• Mahsulot va qadoq sifatini tekshirish;
• Kamchiliklarni ishlab chiqarish bilan birga tuzatish;
• Sifat standartini yozib, unga rioya qilinishini nazorat qilish.
3. Showroom, do’kon va ofis ko’rinishi
• Mahsulotlar showroom, do’kon va ofisda qanday terilishini nazorat qilish;
• Noqulay, tartibsiz yoki eskirgan ko’rinishlarni darhol to’g’rilash;
• Vitrina va ekspozitsiyani muntazam yangilab turish.
4. Brend vizuali
• Fotosurat, katalog va kontentda mahsulot bir xil va premium ko’rinishini ta’minlash;
• Marketing jamoasiga mahsulot bo’yicha ma’lumot va materiallar berish.
5. Assortiment
• Qaysi mahsulot yaxshi sotilayotganini tahlil qilish;
• Raqobatchilar va trendlarni kuzatib, yangilanish taklif qilish.
BIZ KUTADIGAN NATIJA:
• Har oy — yangi mahsulot yoki qadoq;
• Showroom va do’konlar doim tartibli va premium ko’rinishda;
• Mijozga sifatsiz mahsulot bormaydi.
TALABLAR:
• Product menejer, mahsulot dizayni yoki vizual merchandayzing bo’yicha 1–2 yil tajriba;
• Estetika va dizaynni yaxshi his qilish;
• Dizaynerlar va ishlab chiqarish bilan ishlay olish;
• Detallarga e’tibor, tartib va mas’uliyat;
• O’zbek va rus tillari — majburiy;
• Teri, sovg’a yoki premium mahsulotlar sohasidagi tajriba va Figma/Photoshop bilish — afzallik.
SHAROITLAR:
• Ofisda ishlash;
• Maosh: suhbat natijasiga ko’ra + KPI bonus;
• Ikki premium brend bilan ishlash;
• Rahbariyat bilan bevosita ishlash.
MANZIL: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko’chasi, 99B.
MUROJAAT UCHUN: 📞 +998 95 440 90 90
Rezyumega portfolio ilova qiling: siz ishlab chiqqan mahsulot, qadoq yoki vitrina namunalari. Mos kelgan nomzodlar oflayn suhbatga taklif qilinadi.