Автобус ҳайдовчиси (D тоифаси)

alyaxalmatova · Buxoro · 10 mln so'm – 15 mln so'm

Kompaniya haqida ALL COMFORT — O‘zbekistonda shaharlararo avtobus tashuvlari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Buxoro – Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi qatnovlar soni ortib borayotgani munosabati bilan jamoamizga D toifali, tajribali va mas’uliyatli avtobus haydovchilarini ishga taklif qilamiz. Qatnovlar zamonaviy, qulay va turistik klassdagi Yutong va King Long avtobuslarida amalga oshiriladi. Buxoro shahri va viloyatida yashovchi nomzodlarni hamkorlikka taklif etamiz! Asosiy vazifalar • Buxoro – Toshkent – Buxoro yo‘nalishida belgilangan jadval asosida qatnovlarni amalga oshirish. • Yo‘l harakati qoidalariga va kompaniya tomonidan belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qilish. • Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash. • Har bir reys oldidan majburiy tibbiy va texnik ko‘rikdan o‘tish. • Yo‘lovchilarning chiqish-tushishini hamda bagajlarning to‘g‘ri joylashtirilishini nazorat qilish. • Avtobus salonida tozalik va tartibni saqlash. • Dispetcherlik xizmati va mexaniklar bilan doimiy aloqada bo‘lish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar • D toifali haydovchilik guvohnomasi. • D toifasi bo‘yicha kamida 3–5 yillik ish tajribasi. • Katta hajmli shaharlararo yoki turistik avtobuslarni boshqarish tajribasi. • Yutong yoki King Long rusumli avtobuslarda ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi. • Xavfsiz, ehtiyotkor va vazmin haydash ko‘nikmasi. • Mas’uliyatlilik, intizom va yo‘lovchilar bilan xushmuomala munosabat. • O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish. Biz taklif qilamiz Buxoro – Toshkent yo‘nalishida barqaror ish. Zamonaviy va texnik soz avtobuslar. Texnik xizmat va ta’mirlash ishlari professional mexaniklar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi haydovchi bilan juftlikda ishlash. Har bir reys uchun shaffof hisob-kitob va o‘z vaqtida ish haqi to‘lanishi. Rasmiy ishga joylashish. Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.

Buxoroda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar