Videograf Видеоператор, видеомонтажер kerak

Expert_tools · Toshkent shahri · 3.5 mln so'm – 5 mln so'm

Best-Tools do‘koni o‘zining Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlari uchun kreativ, mas’uliyatli va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan video montajist izlamoqda. Vazifalar: • Do‘konimizdagi asbob-uskunalar va mahsulotlarni videoga olish. • Instagram Reels, Stories, TikTok va YouTube Shorts uchun videolar tayyorlash. • Videolarga musiqa, matn, subtitr va turli effektlar qo‘shib montaj qilish. • Ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi va kreativ video g‘oyalarini taklif qilish. • Videolarni belgilangan muddatda tayyorlash. Talablar: • Video suratga olish va montaj qilishni yaxshi bilish. • CapCut, Adobe Premiere Pro, VN yoki boshqa montaj dasturlarida ishlay olish. • Kreativ fikrlash, mas’uliyat va tashabbuskorlik. • O‘z ishlaridan namunalar (portfolio) taqdim eta olish. Biz taklif qilamiz: • Doimiy ish va professional rivojlanish imkoniyati. • Yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkinlik. • Ish haqi tajriba va mahoratga qarab kelishiladi.

Toshkentda ishlar · IshMap.uz — barcha vakansiyalar