Менеджер по оптимизации и развитию сервисной сети (бытовая техника)
BESTON (DFGB GROUP LLC) · Toshkent shahri · 10 mln so'm – 14 mln so'm
Servis tarmog‘ini optimallashtirish va rivojlantirish menejeri
Vazifalar:
• Servis jarayonlarini raqamlashtirish, soddalashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha yangi yechimlarni izlash, taklif qilish va joriy etishda ishtirok etish.
• AI imkoniyatlarini servis jarayonlarida qo‘llash, yangi AI yechimlarini izlash, test qilish va samarali vositalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berish.
• Faqat mavjud jarayonlarni boshqarish bilan cheklanmasdan, servis tizimini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda yangi tashabbus va yechimlar taklif qilish.
• 40 dan ortiq servis markazlari faoliyatini rivojlantirish, samaradorligini oshirish va yagona standart asosida ishlashini ta’minlash.
• Murojaatlarni qabul qilish, diagnostika, ta’mirlash, ehtiyot qismlar ta’minoti va boshqa servis jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish.
• Barcha hududlarda yagona xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish.
• Xizmat sifatini pasaytirmagan holda servis xarajatlarini optimallashtirish, bekor turish vaqtini kamaytirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish.
• CRM/ERP tizimlari orqali buyurtmalar, ta’mirlash jarayonlari, ehtiyot qismlar va boshqa servis ma’lumotlarini tizimli boshqarishni takomillashtirish.
• Power BI yoki boshqa analitika vositalari orqali servisning asosiy ko‘rsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish.
• Toshkent va boshqa hududlarda yangi servis markazlarini ochish: hududlarni tahlil qilish, hamkorlarni tanlash, muzokaralar olib borish va markazlarni ishga tushirish.
• Servis markazlari o‘rtasida ehtiyot qismlar, uskunalar va boshqa resurslar logistikasini optimallashtirish.
• Servis markazlari uchun KPI tizimini ishlab chiqish va natijalarni muntazam nazorat qilish: o‘rtacha ta’mirlash vaqti, takroriy murojaatlar, mijozlar qoniqishi (NPS) va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar.
• Servis markazlari jamoalarini o‘qitish, rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Talablar:
• Tashabbuskor bo‘lish — faqat mavjud tizim bilan ishlamasdan, servis jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha o‘zidan yangi fikr, yechim va takliflar bera olish.
• AI, avtomatlashtirish va yangi texnologiyalarni o‘rganishga qiziqishi hamda ularni servis jarayonlariga tatbiq etishga tayyor bo‘lishi.
• Maishiy texnika yoki elektronika sohasidagi servis tizimlarini boshqarish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish.
• Katta servis tarmog‘i va hududiy servis markazlari bilan ishlash tajribasi.
• Jarayonlarni tahlil qilish, optimallashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish.
• Excel, Power BI yoki boshqa analitika vositalari bilan ishlay olish.
• CRM/ERP tizimlari va servis logistikasini tushunish.
• Yangi servis markazlarini tashkil etish va ishga tushirish tajribasi.
• Kuchli tahliliy fikrlash, tashkilotchilik va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lish.
• O‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlariga chiqishga tayyor bo‘lish.
• Natijaga yo‘naltirilgan, mas’uliyatli va tizimli fikrlay oladigan bo‘lish.
Ustunlik beradi:
• Maishiy texnikaning ishlash prinsiplari va ta’mirlash jarayonlarini tushunish.
• SAP, amoCRM yoki boshqa CRM/ERP tizimlari bilan ishlash tajribasi.
• Lean, Six Sigma yoki boshqa jarayonlarni optimallashtirish metodologiyalari bo‘yicha tajriba.
• Power BI orqali dashboard va KPI monitoring tizimlari bilan ishlash tajribasi.
Shartlar:
• Ish formati: ofisda va zarur hollarda xizmat safarlarida.
• O‘zbekiston bo‘ylab servis tarmog‘ini rivojlantirishda bevosita ishtirok etish.
• Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh.
• Servis tarmog‘ini optimallashtirish va rivojlantirish bo‘yicha belgilangan natijalarga erishilganda qo‘shimcha bonuslar.