Operatsion risk mutaxassisi
RENESANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI · Toshkent shahri · 10 mln so'm – 15 mln so'm
Asosiy vazifalar:
• Kredit, operatsion va komplayens risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish;
• PAR, NPL, DPD, write-off va boshqa risk ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy xulosalar tayyorlash;
• Filiallar, mahsulotlar va mijozlar segmenti kesimida risk darajasini tahlil qilish;
• Risk appetite, covenant va ichki limitlar ijrosini nazorat qilish;
• Salbiy tendensiyalar, nazorat kamchiliklari va ehtimoliy yo‘qotish omillarini oldindan aniqlash;
• Boshqaruv uchun aniq, qisqa va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan hisobotlar tayyorlash;
• Risklarni kamaytirish bo‘yicha amaliy takliflar va preventiv choralar ishlab chiqish.
Talablar:
• Moliya, iqtisodiyot, bank ishi, statistika yoki tahliliy yo‘nalishlarda oliy ma’lumot (Sohaga oid professional sertifikat va yetarli amaliy tajriba mavjud bo‘lsa, nomzod istisno tariqasida ko‘rib chiqilishi mumkin);
• Bank, mikromoliya, risk-menejment, kredit tahlili yoki audit sohasida 1-3 yillik ish tajribasi;
• Kredit portfeli va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish ko‘nikmasi;
• PAR, NPL, DPD, provisioning va risk concentration tushunchalarini bilish;
• MS Excel [Power Query, Pivot Table, M language, Chart, VlookUp, XlooUp, SumIFS] SQL, Power BI va boshqa tahliliy dasturlarni yaxshi bilish;
• Tizimli fikrlash, aniq xulosa chiqarish va mustaqil tahlil qilish qobiliyati;
• Mas’uliyat, xolislik, aniqlik va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati;
Sharoit:
• Zamonaviy ofis va xodimlar uchun qulay ish muhiti;
• Rasmiy ishga joylashish;
• Tushlik tashkilot hisobidan;
• Sport zalidan foydalanish imkoniyati;
• Malaka oshirish kurslarida qatnashish;
• Raqobatbardosh ish haqi va bonus tizimi;
• Professional va do‘stona jamoa;
• Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati.