Sotuv menejeri
MFaktor · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 25 mln so'm
MFaktor jamoasiga faol, natijaga yo‘naltirilgan va kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega Hunter — Sotuv menejeri qidirmoqdamiz.
Agar siz kelib tushgan sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlashni, mijoz ehtiyojini aniqlashni va har bir lidni sotuvga aylantirish uchun natijagacha olib borishni bilsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Asosiy vazifalari:
• Sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlash;
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va unga mos kursni taklif qilish;
• Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan professional ishlash;
• Muzokaralarni olib borish va sotuvni yakuniga yetkazish;
• CRM tizimida lidlar bilan ishlash va ma’lumotlarni muntazam yangilab borish;
• Belgilangan sotuv rejasini bajarish;
Talablar:
• Sotuv sohasida kamida 6 oylik tajriba ;
• Ta’lim yoki kurslar sohasida sotuv tajribasiga ega bo‘lish — qo‘shimcha ustunlik;
• O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
• O‘zbek tilidan tashqari boshqa tilni bilish — ustunlik beradi;
• Kompyuterda erkin ishlash ko‘nikmasi;
• CRM, Word va Excel dasturlaridan foydalana olish;
• Sovuq va issiq lidlar bilan ishlash tajribasi;
• Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• 6/1, 10:00–18:00 ish grafigida ishlay olish.
Biz sizga taklif qilamiz:
• Daromad: 3 000 000 – 25 000 000 so‘m (oklad + KPI)
• Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati;
• Karyera va professional rivojlanish imkoniyati;
• MFaktor kurslarida bepul o‘qish;
• Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
• Kuchli va professional jamoada ishlash;
• Taniqli spikerlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniyati;
• Yirik biznes tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish;
• Yangi tanishuvlar va professional networking;
• Sotuv va biznes bo‘yicha doimiy rivojlanish va amaliy bilimlar.
Agar siz natijaga yo‘naltirilgan, faol va mijoz bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan sotuvchi bo‘lsangiz — rezyumengizni yuboring va MFaktor jamoasiga qo‘shiling🚀