Marketing Project Manager

JAHON SCHOOL · Toshkent shahri · 14 mln so'm

JAHON SCHOOL JAMOASIGA MARKETING PM KERAK! Biz shunchaki vazifalarni nazorat qiladigan emas, marketing jarayonlarini tizimli boshqarib, g‘oyalarni natijaga aylantira oladigan kreativ va mas’uliyatli mutaxassis izlayapmiz! Vazifalar: — Marketing loyihalarini rejalashtirish va boshqarish; — Marketing jamoasi ishini muvofiqlashtirish; — Kontent, reklama va boshqa marketing jarayonlarini nazorat qilish; — Vazifalar va deadline’larning bajarilishini monitoring qilish; — Marketing natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish; — Jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Talablar: — 1+ yil Marketing / Project Manager sifatida tajriba; — Marketing jarayonlari va loyihalarini boshqarish ko‘nikmasi; — Jamoa bilan samarali ishlash va vazifalarni taqsimlay olish; — Bir nechta loyihani parallel boshqarish qobiliyati; — Kreativ fikrlash va yangi g‘oyalar taklif qilish; — Deadline va KPI’larni nazorat qilish. Biz taklif qilamiz: — Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi); — Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83; — Motivatsion bonuslar va mukofotlar; — Doimiy kasbiy rivojlanish , treninglar, seminarlar; — Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi; — Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot; — O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit. — Kompaniya hisobidan bepul tushlik; — Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari; — Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. Jahon School jamoasiga qo‘shiling. Biz bilan birgalikda kelajak avlod salohiyatini kashf eting va hoziroq rezyumeingizni yuboring! •

IshMap.uz — barcha vakansiyalar