Медицинский представитель
IBN SINO SALOMATLIK MARKAZI · Qashqadaryo · 4 mln so'm – 9 mln so'm
«IBN SINO» salomatlik va tibbiyot markazlari tarmog‘i Qarshi shahrida shifokorlar va tibbiyot muassasalari bilan professional hamkorlik olib borish uchun chaqqon, maqsad sari intiluvchan va mas'uliyatli TIBBIY VAKIL (Medical Representative) lavozimiga taklif etadi!
💵 Oylik maosh va daromad:
• 4 000 000 – 9 000 000 so‘m
• Kafolatlangan qat'iy oklad: 4 000 000 so‘m (fix)
• Yuqori natijadorlik bonuslari: 4 000 000 – 5 000 000 so‘m (KPI)
🎯 Asosiy vazifalar:
• Qarshi shahridagi poliklinika, shifoxona va xususiy tibbiyot markazlari shifokorlari (terapevt, pediatr, gastroenterolog va oilaviy shifokorlar) bilan kunlik uchrashuvlar o‘tkazish (kuniga 10–12 ta tashrif);
• Markazning ilg‘or xizmatlari (laboratoriya diagnostikasi, fizioterapiya, statsionar muolajalar) va tabiiy giyohlar to‘plamlarini shifokorlarga professional darajada tanishtirish;
• Shifokorlar bilan uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
• Qisqa taqdimotlar va davra suhbatlarini tashkil etish;
• Qulay mobil CRM-tizimida kunlik faoliyat hisobotini yuritish.
📌 Nomzodga qo'yiladigan talablar:
• Oliy yoki o‘rta-maxsus tibbiy / farmatsevtik ma'lumot;
• Tibbiy vakillikda yoki tibbiyot/savdo sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi (tibbiy ma'lumotga ega bo'lgan faol shifokor va farmatsevtlar ham ko'rib chiqiladi);
• O‘zbek tilida erkin va ravon muloqot qilish;
• Ochiq muomala, odobli nutq va muzokara olib borish mahorati;
• Natijaga yo‘naltirilganlik, mas'uliyat va halollik;
• Shahar bo‘ylab harakatlanish imkoniyati (shaxsiy avtomobil bo‘lishi ustunlik beradi).
🎁 Biz nimalarni taklif qilamiz:
• Kafolatlangan 4 000 000 so‘m oklad + shaffof va yuqori KPI bonuslar tizimi;
• Yo‘l xarajatlari (benzin/transport) va korporativ aloqa kompaniya hisobidan to‘liq qoplanadi;
• Rasmiy bandlik;
• Qulay ish grafigi: 5/2 (dushanba – juma, 09:00 dan 18:00 gacha);
• Ibn Sino Akademiyasida malaka oshirish, dori va kasbiy sotuv texnikalari bo‘yicha bepul treninglar;
• Xodim va uning oila a'zolari uchun markaz xizmatlariga 50% gacha korporativ chegirmalar;
• Katta va ahil jamoada martaba bo‘yicha o‘sish imkoniyatlari.