Дизайнер интерьеров
Decoline Design · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 8 mln so'm
DECOPOL — premium interyer panellari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniya. Obyektlardan tushayotgan buyurtmalar soni ortib borayotgani sababli jamoamizga dizayner Qizlarni ishga taklif qilamiz!
Asosiy vazifalar:
• Obyektlardan kelib tushgan zayavkalar bilan ishlash;
• DECOPOL panel mahsulotlaridan foydalangan holda dizayn loyihalarini ishlab chiqish;
• Panellarning interyerda qanday ko‘rinishini vizual tarzda tayyorlash;
• Dizaynni to‘g‘ri ishlab chiqish uchun zarur holatlarda obyektga chiqib, joyni ko‘zdan kechirish;
• Loyihalarga kiritiladigan o‘zgartirish va tuzatishlar bilan ishlash;
• Tayyor dizaynlarni loyiha talablariga muvofiq ishlab chiqish.
Biz nomzoddan nimalarni kutamiz:
• 3ds Max dasturini to‘liq va professional darajada bilish;
• SketchUp dasturini to‘liq bilish;
• Dizayner sifatida ish tajribasiga ega bo‘lish;
• Interyer va vizualizatsiya yaratish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
• Fazoviy fikrlash va estetik did;
• E’tiborli, mas’uliyatli va tartibli bo‘lish;
• Bir vaqtning o‘zida bir nechta zayavka bilan ishlay olish;
• To‘liq ish kunida ofisda ishlashga tayyor bo‘lish.
Bizning shartlarimiz:
• Toshkent shahridagi ofisda shtatda ishlash;
• Qulay ish grafigi 6/1, 09:00–18:00
• Tushlik kompaniya hisobidan;
• O‘z vaqtida va munosib ish haqi;
• Kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
• Jadal rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati;
• Real obyektlar va qiziqarli interyer loyihalari bilan ishlash.
Diqqat qiling! vaqtincha ish izlab turganlar va Talabalar ko'rib chiqilmaydi.
Rezyume va loyihalaringizni quyidagi telegramga yuborib qo'ying. Tez orada aloqaga chiqamiz. @Decopol_Tashkent