Bosh buxgalter
ABDISOAT ELBEK INVEST · Toshkent shahri
Kompaniyamizga qurilish yo‘nalishi hamda autsorsing asosidagi oshxona faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritadigan tajribali Bosh buxgalter qidirmoqmiz.
Asosiy vazifalar
• Buxgalteriya hisobini to‘liq yuritish va nazorat qilish
• Qurilish faoliyati bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish
• Autsorsing oshxonasining daromad va xarajatlarini nazorat qilish
• Soliq, moliyaviy va statistik hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash va topshirish
• Yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan hisob-kitoblarni nazorat qilish
• Ish haqi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash
• Bank va kassa operatsiyalarini nazorat qilish
• Birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash
• Rahbariyatga moliyaviy hisobot va tahliliy ma’lumotlar taqdim etish
Talablar
• Bosh buxgalter yoki yetakchi buxgalter sifatida tajriba
• Qurilish sohasida buxgalteriya tajribasi
• Umumiy ovqatlanish/oshxona hisobini bilish
• O‘zbekiston soliq va buxgalteriya qonunchiligini yaxshi bilish
• 1C va Excel dasturlarini yaxshi bilish
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va mustaqil ishlash qobiliyati
Biz taklif qilamiz
• Rasmiy ishga qabul qilish
• Barqaror ish joyi
• Professional jamoa
• Kasbiy rivojlanish imkoniyati
• Maosh — suhbat davomida nomzodning tajribasi va malakasiga qarab kelishiladi
Ish joyi
Toshkent shahri
Ish grafigi
suhbat davomida kelishiladi