Sotuv operatori, fiks 3 mln + bonus 15 mln gacha

Tinch Uyqu · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 12 mln so'm

Tinch Uyqu — tabiiy giyohli lavanda yostiqlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Toshkentdagi ofisimizga SOTUV OPERATORI kerak. Nima ish qilasiz: • Instagram'da o'zi ariza qoldirgan mijozlarga qo'ng'iroq qilasiz — sovuq qo'ng'iroq YO'Q • Mijozning ehtiyojini aniqlab, mos to'plamni taklif qilasiz (Standart yoki Comfort) • Buyurtmani CRM tizimiga kiritib, yetkazib berishni tasdiqlaysiz Nega biz bilan qulay: • Tajriba shart emas — tayyor skript, mahsulot va sotuv bo'yicha o'qitamiz • Mijozlar o'zi qiziqib murojaat qiladi — siz shunchaki qo'ng'iroq qilmaysiz • Oylik aniq va tushunarli: fiks + har bir sotuvdan bonus • Natijangizga qarab daromadingiz o'sadi Oylik: • 8 soatlik ish: fiks 3 000 000 so'm + bonus — reja bajarilsa: ~6 000 000 so'm — rejadan 20% oshsa: ~12 000 000 so'mgacha • 6 soatlik ish: fiks 2 250 000 so'm + bonus — reja bajarilsa: ~4 500 000 so'm Ish grafigi: haftada 6 kun (8 soat yoki 6 soat — o'zingiz tanlaysiz) Manzil: Toshkent, [Yunusobod 5-mavze 1A uy / Shifo Nur / Yunusobod / Shahriston] Sizdan kutamiz: • Ravon va aniq nutq (o'zbek tilida; rus tilini bilish — afzallik) • Kuniga 60–100 ta qo'ng'iroq qilishga tayyorlik • Ko'proq ishlab topishga intilish va o'rganishga ochiqlik Tanlov qanday o'tadi: 1. Anketa (5–7 daqiqa) — e'londagi havolani bosing, Telegram bot ochiladi 2. Botga 30–60 soniyalik ovozli xabar yuborasiz 3. Qisqa test (10 daqiqa) 4. Ofisda suhbat 5. Sinov kunlari Javobni 24 soat ichida bot orqali beramiz. ——— Tinch Uyqu — подушки с натуральными травами. Ищем оператора по продажам в офис в Ташкенте. • Без холодных звонков — только клиенты, сами оставившие заявку • Опыт не нужен — обучаем • 8 часов: оклад 3 000 000 + бонус (при плане ~6 млн). Есть вариант 6 часов • График 6/1 Отклик: нажмите ссылку на анкету в объявлении → Telegram-бот → анкета (5–7 минут).

IshMap.uz — barcha vakansiyalar