Sotuvchi / Продавец

ЧП IFOR TOYS · Toshkent shahri · 4 mln so'm – 7.5 mln so'm

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar. 1.1. Shtat ma’lumotlari: a) lavozim nomi – Sotuv va rivojlantirish bo‘limi sotuv menejeri (bundan keyin matnda xodim); b) bo‘lim – Sotuv va rivojlantirish bo‘limi; c) kimga bo‘ysunadi – Kompaniya rahbari, bo‘lim mudiri, bo‘lim katta sotuv menejeri; d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bo‘lim sotuv menejeri yordamchisi; e) lavozim maqsadi – Kompaniya xizmat va tovarlarini samarali sotish, mijozlar bilan professional aloqalar o‘rnatish, sotuv rejalarini bajarish hamda mijozlar bazasini kengaytirish. 1.2. Ish faoliyati: a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra; b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra; c) ish kiyimi – klassik. 1.3. Umumiy vazifalar: a) kompaniya xizmat va tovarlarini mijozlarga taklif qilish; b) yangi mijozlarni jalb qilish; c) mavjud mijozlar bilan aloqalarni saqlash va rivojlantirish; d) sotuv rejalarini bajarish; e) mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va mos taklif berish; f) CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish; g) sotuv jarayonlarini to‘liq kuzatib borish; h) mijozlardan kelib tushgan savol va murojaatlarni hal qilish; i) kompaniya imidjini ijobiy shakllantirish. 1.4. Talab etilgan ma’lumot: a) o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (marketing, biznes, iqtisod yoki tegishli yo‘nalish); b) sotuv yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi kurslar (afzal). 1.5. Ish tajribasi: a) sotuv yoki mijozlar bilan ishlash sohasida kamida 1 yillik tajriba; b) call-markaz yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi. 1.6. Bilimlar: a) sotuv asoslari va savdo jarayonlari; b) mijozlar bilan ishlash tamoyillari; c) CRM tizimlaridan foydalanish; d) kompaniya xizmat va tovarlari haqida bilim; e) muzokara olib borish asoslari; f) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (rus yoki ingliz tilini bilishi afzal); g) MS Office (Word, Excel), Google Drive va boshqa raqamli vositalarni bilish. 1.7. Ko‘nikmalar: a) mijozlar bilan samarali muloqot qilish; b) sotuvni yopish (closing) ko‘nikmasi; c) muzokara olib borish; d) e’tirozlar bilan ishlash; e) tezkor qaror qabul qilish; f) hisobot yuritish. 1.8. Shaxsiy sifatlar: a) kommunikativlik; b) tashabbuskorlik; c) natijaga yo‘naltirilganlik; d) mas’uliyatlilik; e) stressga chidamlilik; f) intizomlilik. 1.9. Lavozim imkoniyatlari: a) raqobatbardosh ish haqi; b) rasmiy mehnat faoliyati; c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati; d) zamonaviy va qulay ish muhiti; e) trening va rivojlanish dasturlari; f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar