Менеджер по продажам
AQUA AGRO TECH · Toshkent shahri · 24 mln so'm
AQUA AGRO TECH - O'zbekiston baliqchilik xo'jaliklari uchun yem, uskuna va dori-darmon yetkazib beruvchi kompaniya. Biz 1 000+ dan ortiq fermer bilan ishlaymiz va maqsadimiz - yem sotish emas, fermerning foydasini oshirish. Savdo jamoamizni kengaytirmoqdamiz: 3 ta savdo menejeri qidiramiz.
Vazifalar:
• O'z hududingizdagi fermerlar bazasini yuritish va rivojlantirish: yangi xo'jaliklarni topish, mavjud mijozlar bilan muntazam aloqa.
• Har bir mijoz uchun mavsum rejasi va qayta buyurtmalar.
• Yem bilan birga uskuna va dori-darmon bo'yicha taklif berish (cross-sell).
• Fermer xo'jaligiga tashrif, muammolarni aniqlash, kerak bo'lganda texnik mutaxassislarni jalb qilish.
• Buyurtma, yetkazib berish va to'lovlarni Smartup (CRM) tizimida yuritish.
• Haftalik natija hisoboti va keyingi hafta rejasi.
• AquaFerma ilovasi orqali fermer ko'rsatkichlarini kuzatish va tavsiya berish.
Talablar:
• B2B sotuvda kamida 2 yil tajriba (agro, oziq-ovqat yoki qishloq xo'jaligi - afzallik).
• Hududlarga muntazam safarga tayyorlik.
• O'zbek tili; rus tili - afzallik.
• Raqamlar bilan ishlash va CRM yuritish intizomi.
• Mijozni uzoq muddat saqlab qolish va rivojlantirish ko'nikmasi.
• Baliqchilikka qiziqish va o'rganishga tayyorlik.
Shartlar:
• Oylik maosh + natijaga bog'liq bonus (sotilgan tonna, qayta buyurtmalar, yangi mijozlar).
• Baliqchilik va mahsulotlar bo'yicha ichki o'qitish.
• O'sayotgan jamoada yetakchi bo'lish imkoniyati.
Tanlov bosqichlari: ariza → test → 2 bosqichli suhbat.