Bosh hisobchi | Главный бухгалтер

ЧП IFOR TOYS · Toshkent shahri · 7 mln so'm – 10 mln so'm

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar. 1.1. Shtat ma’lumotlari: a) lavozim nomi – Hisob-kitob bo‘limi mudiri (bundan keyin matnda bo‘lim mudiri); b) bo‘lim – Hisob-kitob bo‘limi; c) kimga bo‘ysunadi – Moliya va iqtisod departamenti direktori; d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bo‘limga qarashli barcha hisob-kitob xodimlari; e) lavozim maqsadi – kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, hisob-kitob, to‘lov, ish haqi, majburiy to‘lovlar va boshqa moliyaviy hisob jarayonlarini qonunchilik hamda kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri, o‘z vaqtida va samarali tashkil etish hamda nazorat qilish. 1.2. Ish faoliyati: a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra; b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra; c) ish kiyimi – klassik. 1.3. Umumiy vazifalar: a) bo‘lim faoliyatini boshqarish, tashkil etish va muvofiqlashtirish; b) kompaniyalarning buxgalteriya hisobi va hisob-kitob jarayonlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash; c) xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishini nazorat qilish; d) ish haqi, mukofot, ta’til puli, xizmat safari va boshqa ishchilar bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash; e) yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarning yuritilishini nazorat qilish; f) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni nazorat qilish hamda to‘lov hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash; g) soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish; h) debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari holatini nazorat qilish hamda ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish; i) buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarning belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri shakllantirilishini ta’minlash; j) inventarizatsiya, o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish va boshqa nazorat tadbirlarini tashkil etish; k) rahbariyatga bo‘lim faoliyati, hisob-kitoblar va moliyaviy holat bo‘yicha zarur ma’lumot va hisobotlarni taqdim etish. 1.4. Talab etilgan ma’lumot: a) oliy ma’lumot (moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha); b) buxgalteriya hisobi bo‘yicha professional sertifikatlar mavjudligi (afzal); c) 1C va boshqa buxgalteriya dasturlari bo‘yicha maxsus tayyorgarlik yoki malaka (afzal). 1.5. Ish tajribasi: a) buxgalteriya yoki moliya sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi; b) boshqaruv lavozimida yoki bosh hisobchi sifatida ish tajribasi; c) bir nechta filial yoki tarmoq bilan ishlash tajribasi (afzal). 1.6. Bilimlar: a) buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritish asoslari; b) O‘zbekiston Respublikasining soliq va mehnat qonunchiligi; c) buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar; d) ish haqi va xodimlar bilan hisob-kitoblarni yuritish tartibi; e) xalqaro bank operatsiyalari va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi; f) debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bilan ishlash tartibi; g) inventarizatsiya va o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish tartibi; h) moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash tartibi; i) ichki nazorat va audit tamoyillari; j) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (rus yoki ingliz tilini bilishi afzal); k) MS Office (Word, Excel), Google Drive, 1C va boshqa raqamli vositalarni bilish. 1.7. Ko‘nikmalar: a) moliyaviy tahlil va hisobot tayyorlash; b) KPI asosida ishlash; c) hisobot tayyorlash; d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari; e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati. 1.8. Shaxsiy sifatlar: a) liderlik qobiliyati; b) mas’uliyatlilik; c) tizimli fikrlash; d) adolatli baholash; e) natijaga yo‘naltirilganlik; f) stressga chidamlilik. 1.9. Lavozim imkoniyatlari: a) raqobatbardosh ish haqi; b) rasmiy mehnat faoliyati; c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati; d) zamonaviy va qulay ish muhiti; e) trening va rivojlanish dasturlari; f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar