Sotuv operatori / Оператор по продажам
Tinch Uyqu · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 12 mln so'm
Kompaniya haqida:
Tinch Uyqu — tabiiy giyohli lavanda yostiqlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Mahsulotimizni Instagram orqali sotamiz va butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz. Toshkentdagi ofisimizga sotuv operatori kerak.
Vazifalar:
— Instagram'da o'zi ariza qoldirgan mijozlarga qo'ng'iroq qilish (sovuq qo'ng'iroq yo'q)
— Mijoz uchun nima muhimligini aniqlab, mos to'plamni taklif qilish (Standart yoki Comfort)
— Mijozning savollariga javob berish va ikkilanishlarini yechish
— Buyurtmani CRM tizimiga kiritish va yetkazib berishni tasdiqlash
Talablar:
— O'zbek tilida ravon va ishonchli nutq (rus tilini bilish — afzallik)
— Kuniga 60–100 ta qo'ng'iroq qilishga tayyorlik
— Natija orqali ko'proq ishlab topishga intilish
— Sotuvda tajriba — afzallik, lekin shart emas
Shartlar:
— Fiks 3 000 000 so'm + har bir sotuvdan bonus
— Reja bajarilsa daromad ~6 000 000 so'm, rejadan oshsa ~12 000 000 so'mgacha
— 6 soatlik variant ham bor: fiks 2 250 000 so'm + bonus
— Grafik 6/1, ofis Toshkentda
— Skript va mahsulot bo'yicha o'qitamiz, mijozlar o'zi ariza qoldiradi
Tanlov qanday o'tadi:
Ariza → Telegram'da qisqa anketa (5–7 daqiqa) → test (10 daqiqa) → ofisda suhbat → sinov kunlari. Javobni 24 soat ichida beramiz.